AQSh Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolariga beriladigan yangi sayyohlik va ishbilarmonlik vizalarining amal qilish muddatini bugundan boshlab 5 yildan 10 yilgacha uzaytirdi, deya xabar bermoqda mamlakatning Bishkekdagi elchixonasi.

Bundan tashqari, Qirg‘iziston pasporti egalari uchun B1, B2 va B1/B2 vizasiga ariza topshirish uchun 20 dollar miqdoridagi yig‘im bekor qilindi.

“Qirg‘izistonlik minglab sayohatchilarga foyda keltiradigan bu o‘zgarishlar AQSh sayohatlarni osonlashtirish va Amerika hamda Qirg‘iziston xalqlari o‘rtasidagi aloqalarni chuqurlashtirishga qanchalik ahamiyat berayotganini ko‘rsatadi”, — deyiladi xabarda.

AQShning Qirg‘izistondagi elchisi Lesli Vigeri bu o‘zgarishlar butunlay qirg‘iz xalqi uchun xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, mamlakatlar o‘rtasidagi sayohatni osonlashtirish va aloqalarni mustahkamlashga qaratilganini ta’kidlagan.

Yangi 10 yillik amal qilish muddati 2024-yil 4-martdan boshlab berilgan B1, B2 va B1/B2 vizalari uchun amal qiladi. Yangilik ilgari berilgan vizalar uchun amal qilmaydi, amal qilish muddati va o‘zaro munosabatdagi o‘zgarishlar faqat ko‘rsatilgan vizalar toifalariga tegishli. Yozda konsullik xizmatlari yanada yaxshilanishi kutilmoqda.