Jahon

Chet elliklarning Rossiyada vaqtincha bo‘lish muddatini yiliga 90 kungacha qisqartirish rejalashtirilmoqda
3 aprel 2024, 21:37

Chet elliklarning Rossiyada vaqtincha bo‘lish muddatini yiliga 90 kungacha qisqartirish rejalashtirilmoqda

Rossiya IIV xorijliklarning mamlakatda vaqtincha bo‘lish muddatini yil davomida 90 kungacha qisqartirishni, shuningdek, kirishda majburiy barmoq izlari va barcha migratsiya hujjatlari o‘rnini bosuvchi yagona shaxsiy guvohnoma joriy etishni taklif qildi.

AQSh Rossiyani terakt aynan “Krokus siti holl”da bo‘lishidan ogohlantirgan — Washington Post
3 aprel 2024, 20:44

AQSh Rossiyani terakt aynan “Krokus siti holl"da bo‘lishidan ogohlantirgan — Washington Post

“Krokus siti holl"dagi teraktdan kamida ikki hafta oldin AQSh Rossiyani aynan shu konsert zali hujum uchun potensial nishon ekani haqida ogohlantirgan, deb yozdi Washington Post. Avvalroq Rossiya razvedka idoralari olingan ma’lumotlar juda umumiy bo‘lganini aytgan edi.

Tayvanda 7,4 va 6,5 magnitudali ikki zilzila bo‘ldi
3 aprel 2024, 10:53

Tayvanda 7,4 va 6,5 magnitudali ikki zilzila bo‘ldi

Tayvanning sharqiy qirg‘og‘ida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Birozdan so‘ng 6,5 magnitudali yana bir zilzila qayd etildi. Zilzila Tayvandagi so‘nggi 25 yil ichida sodir bo‘lgan eng kuchlisi ekani ma’lum qilindi. Video.

Istanbulda tungi klubdagi yong‘inda 29 kishi halok bo‘ldi
2 aprel 2024, 20:46

Istanbulda tungi klubdagi yong‘inda 29 kishi halok bo‘ldi

Istanbulda ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida joylashgan tungi klubda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi, yana yetti kishi jarohatlandi. Yong‘in ta’mirlash ishlari vaqtida yuz bergan, hozirda uning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.

Isroil Eronning Suriyadagi konsulligiga zarba berdi, yetti ofitser halok bo‘ldi
2 aprel 2024, 15:53

Isroil Eronning Suriyadagi konsulligiga zarba berdi, yetti ofitser halok bo‘ldi

Isroil Damashqdagi Eron konsulligiga raketa hujumi uyushtirdi, oqibatda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining yetti a’zosi, jumladan, ikki general halok bo‘ldi. Tehron “keskin javob” bo‘lishini va’da qildi.

Qirg‘iziston prezidenti “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi
2 aprel 2024, 15:37

Qirg‘iziston prezidenti “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunga ularni “xorijiy vakillar” deb e’lon qilishga ruxsat beruvchi o‘zgartirishlarni imzoladi. U qonun “mamlakatga foyda keltirishi”ni aytdi va bunday tashkilotlar “ta’qib qilinmasligiga” va’da berdi.

G‘azodagi havo hujumida World Central Kitchen tashkilotining 7 xodimi halok bo‘ldi
2 aprel 2024, 14:43

G‘azodagi havo hujumida World Central Kitchen tashkilotining 7 xodimi halok bo‘ldi

G‘azodagi havo hujumida World Central Kitchen oziq-ovqat tashkilotining yetti xodimi halok bo‘ldi. Tashkilot bunda Isroilni aybladi, ammo Isroil armiyasi zarba uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi. WCK sektordagi ishini to‘xtatmoqda. G‘azoning 300 mingga yaqin aholisi yaqin orada ochlikdan o‘lim topishi mumkin.

Isroilda hukumatga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi
1 aprel 2024, 23:17

Isroilda hukumatga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi

O‘n minglab odamlar Tel-Aviv va Quddus ko‘chalariga chiqib, Isroilda muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish va HAMAS garovidagilarni ozod qilishni talab qildi. Bu namoyishlar G‘azo urushi boshlanganidan beri mamlakatdagi eng yiriklari bo‘ldi. Politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun suv purkagichlardan foydalandi.

Turkiyadagi mahalliy saylovda muxolifat partiyasi g‘alaba qozondi
1 aprel 2024, 14:58

Turkiyadagi mahalliy saylovda muxolifat partiyasi g‘alaba qozondi

Turkiyadagi munitsipal saylovda 20 yil ichida ilk bor muxolif partiya g‘olib bo‘ldi. Barcha yirik shaharlar, jumladan, Anqara va Istanbulda muxolifat nomzodlari g‘alaba qozondi. Prezident Erdo‘g‘an partiyasi mag‘lubiyatga uchraganini tan oldi va xalq irodasini e’tiborsiz qoldirmaslikka va’da berdi.

Rossiyada “Krokus”dagi teraktni oqlab chiqqan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi
29 mart 2024, 20:14

Rossiyada “Krokus”dagi teraktni oqlab chiqqan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Rossiyaning Oltoy o‘lkasida O‘zbekiston fuqarosi Moskvadagi “Krokus Siti Holl”da sodir etilgan terakt haqida omma oldida aytgan fikrlari uchun terrorizmni oqlaganlikda ayblanib, qamoqqa olindi. Unga besh yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

FTX kriptobirjasi asoschisi 25 yilga ozodlikdan mahrum etildi
29 mart 2024, 18:09

FTX kriptobirjasi asoschisi 25 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Nyu-York sudi FTX kriptobirjasi asoschisi Sem Benkman-Fridni mijozlardan milliardlab dollar o‘g‘irlagani uchun 25 yilga ozodlikdan mahrum qildi. AQSh prokuraturasi buni Qo‘shma Shtatlar tarixidagi eng yirik moliyaviy firibgarliklardan biri deb atadi.

Tojikistonda “Krokus” teraktida aloqador deya gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi
29 mart 2024, 17:23

Tojikistonda “Krokus” teraktida aloqador deya gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Rossiya xavfsizlik kuchlari bilan birgalikda ISHID va “Krokus siti holl” konsert zaliga hujum qilganlarga aloqadorlikda gumon qilingan to‘qqiz nafar shaxsni qo‘lga oldi. Teraktda jarohatlanganlar soni 380 nafardan ortdi.

Iqlim o‘zgarishi vaqtni hisoblashga ta’sir qilishi mumkin — tadqiqot
29 mart 2024, 09:47

Iqlim o‘zgarishi vaqtni hisoblashga ta’sir qilishi mumkin — tadqiqot

Kaliforniya universiteti (AQSh) yangi tadqiqotiga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi oqibatida qutb muzliklarining erishi Yerning aylanish tezligiga ta’sir qilmoqda, bu esa, o‘z navbatida, global vaqt hisobini o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Latviya tashqi ishlar vaziri budjet hisobidan shaxsiy samolyotlarda uchgani bilan bog‘liq mojaro sabab iste’foga chiqadi
28 mart 2024, 19:53

Latviya tashqi ishlar vaziri budjet hisobidan shaxsiy samolyotlarda uchgani bilan bog‘liq mojaro sabab iste’foga chiqadi

Latviya tashqi ishlar vaziri Krishyanis Karinsh bosh vazir bo‘lgan vaqtida budjet hisobidan shaxsiy samolyotlarda uchgani bilan bog‘liq mojaro tufayli o‘z lavozimini tark etishini e’lon qildi. U bosh vazirlik paytida 32 marta shaxsiy samolyotlarda chet el safarlariga borgan va bu budjetga 613 ming yevroga tushgan.

Rossiya Ukrainaga qarshi yirik hujumga tayyorlanmoqda — Economist
28 mart 2024, 19:48

Rossiya Ukrainaga qarshi yirik hujumga tayyorlanmoqda — Economist

Rossiya armiyasi Ukrainaga qarshi yangi yirik hujumni boshlashi mumkin, Kiyevning unga bardosh bera olish qobiliyati esa bir yil avvalgiga nisbatan “ishonchsizroq ko‘rinmoqda”, deb yozdi Economist. Ukraina zudlik bilan ko‘proq qo‘shin mobilizatsiya qilishi va ishonchli mudofaa chizig‘i qurishi kerak.

Rossiyadagi teraktdan so‘ng Qozog‘istondagi savdo markazlari va konsert zallarida tekshiruv o‘tkaziladi
28 mart 2024, 16:27

Rossiyadagi teraktdan so‘ng Qozog‘istondagi savdo markazlari va konsert zallarida tekshiruv o‘tkaziladi

Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari Rossiyadagi “Krokus siti holl”da sodir etilgan teraktdan keyin mamlakatning barcha yirik savdo markazlari, konsert zallari va odamlar gavjum bo‘ladigan boshqa joylarini tekshiradi.

Qirg‘iziston bojxona xizmati rahbarining sobiq o‘rinbosari Rayimbek Matraimov qo‘lga olindi
28 mart 2024, 10:33

Qirg‘iziston bojxona xizmati rahbarining sobiq o‘rinbosari Rayimbek Matraimov qo‘lga olindi

Qirg‘iziston maxsus xizmatlari bojxona xizmati rahbarining sobiq o‘rinbosari Rayimbek Matraimovni jinoiy daromadlarni legallashtirishda gumonlab qo‘lga oldi. Sobiq amaldor Bokudan Bishkekka ekstraditsiya qilindi. Matraimovning “qonundagi o‘g‘ri”, marhum Qamchi Ko‘lboyev bilan aloqasi bo‘lgani da’vo qilinmoqda.

Xulq-atvor iqtisodiyoti asoschilaridan biri Daniel Kaneman vafot etdi
28 mart 2024, 09:25

Xulq-atvor iqtisodiyoti asoschilaridan biri Daniel Kaneman vafot etdi

Psixolog va iqtisodchi, iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori, xulq-atvor iqtisodiyoti asoschilaridan biri Daniel Kaneman 90 yoshida vafot etdi.

Rossiyada teraktdan keyin migrantlarga qarshi choralar va Markaziy Osiyo bilan viza rejimini joriy etish muhokama qilinmoqda
27 mart 2024, 13:29

Rossiyada teraktdan keyin migrantlarga qarshi choralar va Markaziy Osiyo bilan viza rejimini joriy etish muhokama qilinmoqda

Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar Moskva yaqinidagi “Krokus”da terakt sodir etishda ayblanayotgani fonida Rossiyada muhojirlarga qarshi choralar, xususan, viza rejimini joriy etish, huquqbuzarlik uchun deportatsiya qilish hamda patentlar bo‘yicha cheklovlar muhokamasi avj oldi.

Nima uchun yoshlarning saratonga chalinishi ko‘paydi? — Nature
27 mart 2024, 11:18

Nima uchun yoshlarning saratonga chalinishi ko‘paydi? — Nature

Dunyo bo‘ylab yoshlar saratonga chalinish ehtimoli ko‘paymoqda va 2030-yilga kelib erta onkologiya holatlari yana 30 foizga oshishi kutilmoqda. Olimlar bu tendensiyani hali tushuntirib bera olmaydi va eng ehtimoliy omillar — semirish va saraton kasalligining erta skriningi to‘liq tasvirni ochib berolmaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting