Jahon

Jahon yangiliklari dayjesti
3 fevral 2023, 23:52

Jahon yangiliklari dayjesti

2022 yilda Rossiyaning oziq-ovqat mahsulotlarini xorijga yetkazib berish hajmi 12 foizga oshgani, Eronda hijob o‘ramagan ayollarni jarimaga tortuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilgani, Qatarda hasharotli taomlarni sotish taqiqlangani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Lavrov G‘arbning Moldovadan «navbatdagi Ukraina» yaratish istagi borligini ma’lum qildi. Kishinyov vazirning so‘zlarini qoraladi
3 fevral 2023, 21:41

Lavrov G‘arbning Moldovadan «navbatdagi Ukraina» yaratish istagi borligini ma’lum qildi. Kishinyov vazirning so‘zlarini qoraladi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning fikricha, G‘arb davlatlari «navbatdagi Ukraina» roli uchun Moldovani ko‘rib chiqmoqda. Kishinyov vazirning «tahdidli ritorikasini» qoralab, «Moldova o‘z kelajagini tanladi va bu kelajak erkin dunyoning bir qismi bo‘lishini» ta’kidladi.

Jahon yangiliklari dayjesti
2 fevral 2023, 22:50

Jahon yangiliklari dayjesti

Shvetsiyada bankrotga uchragan kompaniyalar soni rekord darajaga yetgani, AQSh Adliya vazirligining prezident Jo Bayden uyida rejali tintuv o‘tkazgani, shirin ichimliklarning erkaklarda kallikni keltirib chiqarishga aloqadorligi aniqlangani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida

O‘zbekiston demokratiya reytingida 149-o‘rinni egalladi
2 fevral 2023, 18:16

O‘zbekiston demokratiya reytingida 149-o‘rinni egalladi

2022 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston EIU “Demokratiya indeksi"da bir pog‘ona ko‘tarilib, 167 davlat orasidan 149-o‘rinni egalladi. Mamlakatda demokratiyaga berilgan baho 2,12 ballni tashkil etadi va bu ketma-ket uch yildan beri o‘zgargani yo‘q.

Angliyada o‘qituvchilarning so‘nggi 10 yildagi eng yirik ish tashlashi kuzatildi
2 fevral 2023, 15:50

Angliyada o‘qituvchilarning so‘nggi 10 yildagi eng yirik ish tashlashi kuzatildi

1 fevral kuni Angliyadagi maktablarning yarmidan ko‘pida davomat pasayib ketdi yoki o‘qituvchilarning ish tashlashi davomida yopildi. 200 mingdan ortiq ta’lim xodimlari mehnat sharoitlarini yaxshilash va maoshlarni oshirishni talab qilib, ko‘chalarga chiqdi.

Jahon yangiliklari dayjesti
30 yanvar 2023, 23:12

Jahon yangiliklari dayjesti

Pokistonda masjiddagi portlashda 44 kishining halok bo‘lgani, Yaponiyadagi «Takaxama» AES reaktori ishida nosozlik qayd etilgani, dunyoda neft narxining pasaygani, AQShda yanvar oyida qurolli zo‘ravonlik bo‘yicha antirekord qayd etilgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Video: Pokistonda masjid portlashi oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi
30 yanvar 2023, 15:58

Video: Pokistonda masjid portlashi oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi

Pokistonning Peshovar shahridagi masjid xudkush tomonidan portlatildi. Qurbonlar soni 28 kishini, jarohatlanganlar 150 kishini tashkil etmoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
29 yanvar 2023, 23:20

Jahon yangiliklari dayjesti

Chexiyadagi saylovlarda sobiq NATO generalining g‘olib bo‘lgani, Pokiston va Peruda avtobus halokatlarida ko‘plab insonlarning vafot etgani, Erondagi zavodlarga dronlar hujumi, Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish jarayonining to‘xtab qolgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

«Qachon ketish kerakligini biladigan yetakchi». Charchagani uchun iste’foga chiqqan Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern haqida
29 yanvar 2023, 00:01

«Qachon ketish kerakligini biladigan yetakchi». Charchagani uchun iste’foga chiqqan Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern haqida

19 yanvar kuni Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern mamlakatni boshqarishga kuch topa olmayotgani, iste’foga chiqmoqchi ekanligini e’lon qildi. Ushbu maqolada bosh vazirning faoliyati, qabul qilgan qarorlari haqida bayon etamiz.

O‘zbekiston TIV Ozarbayjonning Erondagi elchixonasiga qilingan hujum bo‘yicha bayonot berdi
28 yanvar 2023, 15:40

O‘zbekiston TIV Ozarbayjonning Erondagi elchixonasiga qilingan hujum bo‘yicha bayonot berdi

27 yanvar kuni Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga qurollangan shaxs hujum uyushtirgandi. Hodisa oqibatida xavfsizlik xizmati rahbari halok bo‘lgan. O‘zbekiston TIV holat yuzasidan bayonot berib, hujumni keskin qoraladi. Shuningdek, barcha aybdorlar javobgarlikka tortilishiga umid bildirdi.

Jahon yangiliklari dayjesti
27 yanvar 2023, 23:53

Jahon yangiliklari dayjesti

Nyu-Yorkda terakt uyushtirgan o‘zbekistonlikning og‘ir jinoyatlarda aybdor deb topilgani, Ozarbayjonning Erondagi elchixonasiga uyushtirilgan hujumda bir kishining halok bo‘lgani, BMT bosh kotibining hukumatlarni internetni cheklashga chaqirgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
26 yanvar 2023, 23:39

Jahon yangiliklari dayjesti

Donald Trampning Twitter`da auditoriyasini tiklab olgani, avtobus kattaligidagi asteroidning sun’iy yo‘ldoshlardan ham pastroq masofadan uchib o‘tayotgani, elchixona avtomobillaridan foydalangan Yaponiya bosh vaziri o‘g‘lining janjal markazida qolgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
25 yanvar 2023, 23:09

Jahon yangiliklari dayjesti

Yangi Zelandiyaning yangi bosh vaziri qasamyod qabul qilgani, Germaniyada poyezdda yetti kishining pichoqlangani, Ispaniyada turli davlatlar elchixonalariga qo‘lbola bombalar yuborgan nafaqaxo‘r ushlangani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Germaniya Ukrainaga Leopard 2 tanklarini yuboradi
25 yanvar 2023, 21:15

Germaniya Ukrainaga Leopard 2 tanklarini yuboradi

Germaniya bir necha oylik munozaralardan so‘ng Ukrainaga Leopard 2 tanklarini yetkazib berishi va ukrainalik ekipajlarni o‘qitishini ma’lum qildi. Ukraina tanklar Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni ozod qilish uchun muhim deb atadi.

Jahon yangiliklari dayjesti
24 yanvar 2023, 23:01

Jahon yangiliklari dayjesti

Afg‘onistonda ikki haftada 104 kishi, jumladan, bolalar va ayollarning sovuq tufayli olamdan o‘tgani, Antarktidada London kattaligidagi aysbergning ajralib chiqqani, Mo‘g‘ilistonda qahraton sababli 68,5 ming bosh chorva mollarining nobud bo‘lgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida

JSST mamlakatlarni o‘limga sabab bo‘luvchi siroplarga qarshi chora ko‘rishga chaqirdi
24 yanvar 2023, 15:50

JSST mamlakatlarni o‘limga sabab bo‘luvchi siroplarga qarshi chora ko‘rishga chaqirdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mamlakatlarni Gambiya, Indoneziya va O‘zbekistonda 300 dan ortiq bola o‘limiga sabab bo‘lgan siroplarga qarshi kurashishga chaqirdi. O‘zbekistonda «Dok-1 Maks» siropidan kamida 20 nafar bola vafot etgan.

Jahon yangiliklari dayjesti
23 yanvar 2023, 23:50

Jahon yangiliklari dayjesti

Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari muddatining ma’lum qilingani, Xitoyda bir haftada qariyb 13 ming kishining koronavirusdan vafot etgani, Nursulton Nazarboyevning yurak jarrohlik amaliyotidan so‘ng shifoxonadan chiqqani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Qozog‘istonda sobiq McDonald’s restoranlari nomsiz holda qayta ochildi
23 yanvar 2023, 22:26

Qozog‘istonda sobiq McDonald’s restoranlari nomsiz holda qayta ochildi

Qozog‘istonda sobiq McDonald’s restoranlari qayta ochildi, ammo nomsiz holda. Peshlavhalarda rus tilida yozilgan «Biz ochiqmiz» so‘zlaridagi «M» harfi esa sariq rangga bo‘yalgan bo‘lib, avvalgi logotipni eslatadi. Taomlar assortimenti va ta’mlari o‘zgarmagan.

Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan hijobli prezident. Singapur rahbariga aylangan ilk ayol — Halima Yaqub hikoyasi
23 yanvar 2023, 19:05

Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan hijobli prezident. Singapur rahbariga aylangan ilk ayol — Halima Yaqub hikoyasi

Dunyodagi eng boy, biznes, yashash, o‘qish uchun qulay, korrupsiyadan xoli va “bog‘ ichidagi shahar” tamoyiliga qat’iy rioya etuvchi mamlakatlardan biri Singapurni bugun ayol prezident — Halima Yaqub boshqaradi. Uning asosiy maqsadi — boshqalar qilolmaydigan ishni singapurliklar qilsin.

Alisher Usmonov nafaqaga chiqqanini ma’lum qildi
23 yanvar 2023, 18:10

Alisher Usmonov nafaqaga chiqqanini ma’lum qildi

Milliarder Alisher Usmonov Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi boshqaruvi byurosi a’zoligidan chiqishga ariza topshirdi. RBK ma’lumotlariga ko‘ra, u «nafaqaga chiqqan va faol mehnat faoliyatini yakunlashga qaror qilgan».


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting