Britaniyada so‘nggi o‘n yillikdagi eng katta ish tashlashlar yuz bermoqda

Britaniya bo‘ylab yarim millionga yaqin ishchilar ishtirokida norozilik namoyishlari o‘tkazilmoqda. Londonda qariyb 500 ming aholi ommaviy ish tashlashlarda ishtirok etdi. Inflyatsiyaning o‘sishi, narx-navoning ko‘tarilishi hamda hukumatning minimal ish hajmini joriy etish tashabbusi bunga sabab bo‘lmoqda, deya xabar bermoqda CNN telekanali.

Norozilik aksiyasi ishtirokchilari mehnat sharoitlarini yaxshilash va maoshlarini oshirishni talab qilishmoqda. Ushbu namoyishlar ortidan Britaniyada minglab maktablar yopildi. Universitetlarda ma’ruzalar bekor qilindi. Jamoat transportlari, temir yo‘l tarmog‘ining aksariyat qismi to‘xtab qoldi hamda aviareyslar kechiktirildi. Mitingda Angliya, Uels va Shotlandiyaning maktab, universitet o‘qituvchilari, davlat xizmatchilari, avtobus va poyezd haydovchilari hamda aeroport xodimlari ishtirok etishmoqda. Ish tashlashlar Angliya va Uelsdagi 23,4 mingga yaqin maktabning to‘liq yoki qisman yopilishiga, 150 ga yaqin universitetlardagi ta’lim jarayonlariga ta’sir qildi.


Shvetsiyada bankrot bo‘lgan kompaniyalar soni rekord darajaga yetdi

UC kredit agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Shvetsiyada bankrotlik to‘g‘risida ariza bergan kompaniyalar soni o‘tgan yilgiga nisbatan 47 foizga oshib, 622 taga yetdi. Uy-joy narxlarining so‘nggi 30 yildagi eng yomon pasayish ko‘rsatkichi qurilish sohasidagi defoltlarga sababchi bo‘lmoqda.

f-16, androgen alopetsiya, бриtanия, дайжест, жаҳон yangiликлари, kallik, туркия, швеция, эрон

Uy xo‘jaliklari xarajatlarining ortishi oqibatida narxlar o‘tgan yilning birinchi choragidagi yuqori cho‘qqisidan 16 foizga tushib ketdi. Creditsafe provayderi yanvar oyida bankrot bo‘lgan beshta yirik kompaniyadan uchtasi qurilish sohasida faoliyat yuritishini ma’lum qilgandi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, qurilish sanoatining bandlikni ta’minlashdagi hissasi katta bo‘lib, Shvetsiyadagi 5,1 mln mutaxassisning 350 mingdan ortig‘i aynan shu sohada ishlaydi.


Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azo sektoriga zarba berdi

Ikkinchi fevral payshanbaga o‘tar kechasi G‘azo sektoriga havodan bir nechta zarbalar berildi. Bu haqida Reuters axborot agentligi xabar tarqatdi.

Isroil harbiy-havo kuchlarining ma’lum qilishicha, asosan Hamas guruhining qurol ishlab chiqaruvchi zavodlari nishonga olingan. Bundan bir necha soat avval «temir gumbaz» G‘azodan otilgan raketalarni tutib olgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi. Shu bois ham yahudiylar ushbu hujumni «javob zarbasi» deya atashmoqda. Hamas hamda «Islomiy jihod» harakatlari 1 fevral kunidagi raketa hujumini o‘z zimmasiga olishmagan. Ayni paytda qurbonlar yoki yaradorlar haqida ma’lumotlar yo‘q.


Eron harbiy zavodiga hujum uchun Isroildan qasos olishga va’da berdi

Eron Isroilni Isfahon shahri yaqinidagi harbiy zavodga dronlar orqali zarba berishda ayblamoqda. ISNA axborot agentligining bu haqdagi rasmiy axborotida aytilishicha, Isroilning olib borayotgan yashirin urushiga qarshi Eron munosib javob qaytarishga va’da berdi.

f-16, androgen alopetsiya, бриtanия, дайжест, жаҳон yangiликлари, kallik, туркия, швеция, эрон

Videodan lavha.

Ushbu hujum Tehron va G‘arb o‘rtasidagi yadroviy kelishmovchiliklar, Eronga nisbatan qo‘yilayotgan uzoq masofaga uchuvchi kamikadze dronlarini Rossiyaga yetkazib berish ayblovi, bir-necha oydan beri davom etayotgan aksilhukumat namoyishlari fonida sodir bo‘ldi. Eronning BMTdagi vakili Amir Said Iravoniy rahbariyatga yo‘llagan maktubida hujum uchun Isroil javob berishi muqarrarligi, ayni paytda hech qanday zarar yoki qurbonlar aniqlanmaganligi haqida yozgan.


Turkiya Shvetsiyaning emas, Finlyandyaning NATOga kirishini yoqlaydi — Erdog‘an

«Turkiya Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishiga ijobiy munosabatda, biroq Shvetsiyani bu borada qo‘llab-quvvatlamaydi», — dedi Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an.

f-16, androgen alopetsiya, бриtanия, дайжест, жаҳон yangiликлари, kallik, туркия, швеция, эрон

Turkiya yetakchisi parlamentdagi nutqida Finlyandiya bo‘yicha hukumatning ijobiy pozitsiyasini bayon etdi. Shvetsiya va Finlyandiya Rossiyaning Ukrainaga hujumi ortidan Trans-Atlantik mudofaa paktiga qo‘shilish haqida murojaat bilan chiqishgan edi. Biroq kutilmaganda Turkiyaning qat’iy e’tirozlariga duch kelishdi. Anqara Xelsinki va Stokgolmdan Yevropa ittifoqi tomonidan terrorchi tashkilot deb tan olingan Kurdiston ishchilar partiyasi va boshqa ekstremistik guruhlarga nisbatan keskinroq choralar ko‘rilishini xohlayapti.

Ayni paytda NATOning 30 ta a’zosidan faqat Turkiya va Vengriya shimolliklarning arizalarini ratifikatsiya qilmagan. Erdog‘anning bayonoti esa Finlyandiyaning tez orada alyansga qo‘shilishi mumkinligiga ishora qilyapti.


G‘arb F-16 qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga yetkazib berishi mumkinmi?

Politico nashri AQShning yuqori martabali mulozimlari Ukrainaning eskirgan havo kuchlarini yangi qiruvchi samolyotlar bilan modernizatsiya qilish kerakligi haqida o‘ylashayotgani haqida yozmoqda.

Jumladan, Ukraina katta ehtimol bilan Daniya yoki Niderlandiyadan F-16 qiruvchi samolyotlarini olishi mumkin. Niderlandiyada xuddi shu rusumli samolyotlardan 40 tacha mavjud. Daniya esa ayni paytda jangovor samolyotlari to‘plamini F-35 qiruvchi samolyotlariga almashtirmoqchi. Bundan avval, Polsha va Fransiya ham Ukraina uchun harbiy samolyotlar yetkazib berishi mumkinligini istisno qilmagandi.

O‘z navbatida, Politico nashri bu haqidagi tahlilida AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga so‘ralayotgan qiruvchi samolyotlarni jo‘natadimi yoki yo‘qmi degan savolga, Germaniya va Buyuk Britaniya siyosatchilari tomonidan «yo‘q» deb javob berilishiga qaramay, hammasini urushning borishi hal qilishini yozmoqda. «Bu urush boshlanganidan beri kuzatilayotgan holat: bir paytlari xayolda bo‘lmagan Germaniya qurollaridan tortib zamonaviy tanklargacha front maydonida paydo bo‘lishi vaqt o‘tgani sayin amalga oshdi», -deyiladi xabarda.


AQSh Adliya vazirligi Jo Baydenning uyida rejali tintuv o‘tkazdi

AQSh Adliya vazirligi chorshanba kuni Delaver shtati Rexobot-Bich shahridagi prezident Jozef Baydenning shaxsiy uyida rejali tintuv o‘tkazdi, deya xabar qildi Sinxua agentligi.

«Bugun prezidentning to‘liq roziligi va hamkorligi bilan AQSh Adliya vazirligi uning Delaver shtati Rexobot-Bich shahridagi uyida muntazam tintuv o‘tkazmoqda», — dedi Baydenning shaxsiy advokati Bob Bauer AQSh matbuotiga bergan bayonotida.

«Adliya vazirligining standart tartib-qoidalariga muvofiq, xavfsizlik va ishonchlilik manfaatlarini ko‘zlab, bu ishlarni jamoatchilikka oldindan ogohlantirmasdan amalga oshirish kerak edi va biz hamkorlik qilishga kelishib oldik», — deb yozadi Bob Bauer.

Adliya vazirligi, shuningdek, 2022 yil noyabrida Vashingtondagi Penn Bayden markazida maxfiy hujjatlar topilganidan so‘ng, 20 yanvar kuni Baydenning Delaver shtatining Uilmington shahridagi uyida ham reyd o‘tkazgan.


Tadqiqot: Shirin gazli ichimliklarni iste’mol qilish erkaklarda kallik paydo bo‘lishiga olib keladi

Xitoyning Singxua universiteti tadqiqotchilari guruhi yosh erkaklarda ko‘p miqdorda shakarli ichimliklar ichish va soch to‘kilishi o‘rtasida bog‘liqlik borligini aniqladi, deya xabar bermoqda Sinxua.

f-16, androgen alopetsiya, бриtanия, дайжест, жаҳон yangiликлари, kallik, туркия, швеция, эрон

Foto: Sinxua

Olimlar o‘rtacha yoshi 27,8 bo‘lgan 1028 nafar xitoylik erkak o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalarini o‘rganib, shunday xulosaga keldi. Ularning taxminan 57,6 foizi androgen alopetsiyadan aziyat chekishgan.

Androgen alopetsiya erkaklarda soch to‘kilishining eng keng tarqalgan shakli bo‘lib, erkaklarda soch to‘kilishining barcha shakllaridan taxminan 95 foizini tashkil qiladi.

Tadqiqot doirasida o‘rganilgan shakarli ichimliklar tarkibiga meva sharbatlari, alkogolsiz ichimliklar, sport va energetik ichimliklari, shirin va yong‘oq sutlari, shirin choy, qahva va boshqalar kiradi.

44,6 foiz so‘rov ishtirokchilari haftasiga yetti martadan ko‘proq shirin ichimliklar ichishlarini aytishdi. Olimlarning aniqlashicha, ko‘proq shakarga boy ichimliklar iste’mol qiladigan odamlarda boshning tepa qismidagi sochlar tezroq siyraklashadi. Androgen alopetsiyadan aziyat chekuvchi erkaklar haftasiga o‘rtacha 4,293 millilitr shirik ichimliklar iste’mol qilgan, sog‘lom erkaklar guruhida esa bu ko‘rsatkich 2,513 millilitrdan yuqoriroq bo‘lgan.