Fransiyada pensiya islohotiga qarshi ish tashlashlar bo‘lib o‘tmoqda

Fransiyaning turli mintaqalaridagi TotalEnergies neftni qayta ishlash zavodlarida pensiya yoshini oshirishga qarshi ish tashlashlar boshlandi, deya xabar bermoqda Echos nashri.

«Bir qator sektorlar (birlashma) CGT`ning shu payshanba va juma kunlari ish tashlashga chaqirig‘iga javob berishdi», deb yozmoqda jurnalistlar.

Nashrning qayd etishicha, Fransiya Normandiyasidagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodi xodimlarining 80 foizi namoyishga chiqqan. Namoyishlarga Donj kommunasidagi neftni qayta ishlash zavodi ishchilarining yarmi ham qo‘shildi


Donald Tramp Twitter`dagi auditoriyasini qariyb qayta tiklab oldi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Twitter`da blokdan chiqarilganidan keyin ikki oy ichida ijtimoiy tarmoqdagi o‘zining ko‘p millionli auditoriyasini qariyb to‘liq tikladi. Biroq sobiq prezident sahifasini hozircha yuritayotgani yo‘q.

daйжест, жаҳон yangiликлари

Foto: AP Photo / Chris Seward

Twitter`ning yangi egasi Ilon Mask foydalanuvchilar o‘rtasida ovoz berish o‘tkazgan, uning natijalariga ko‘ra 20 noyabr kuni sobiq prezidentning sahifasi qayta tiklangan edi.

Hozirda sahifaning 88 m oblnunachi bor. 2021 yil 8 yanvarda noma’lum muddatga muzlatilgan vaqtda @realDonaldTrump 90 mln ga yaqin obunachiga ega edi.


2023 yilda dunyo bo‘yicha ishlab chiqarish o‘sishi 1,9 foizni tashkil qiladi — BMT hisoboti

2023 yilda dunyo bo‘yicha ishlab chiqarish o‘sishi 2022 yildagi 3 foizdan 1,9 foizgacha sekinlashadi. Bu — so‘nggi o‘n yilliklardagi eng past ko‘rsatkichlardan biri bo‘ladi.

daйжест, жаҳон yangiликлари

Foto: Sinxua

Bunday prognoz BMTning chorshanba kuni chop etilgan «Jahon iqtisodiyotidagi vaziyat va 2023 yildagi istiqbollar» nomli hisobotida keltirilgan.

Tahlilchilar 2024 yilda o‘sishning 2,7% gacha tiklanishini kutishmoqda. Bunga ba’zi salbiy makroiqtisodiy omillarning kelgusi yilda yumshay boshlashi sabab bo‘lishi mumkin.


Yevropaga xizmat safarida elchixona avtomobillaridan foydalangan Yaponiya bosh vazirining o‘g‘li janjal markazida qoldi

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Shotaroning to‘ng‘ich o‘g‘li, ayni paytda uning siyosiy masalalar bo‘yicha shaxsiy kotibi Yaponiya hukumati rahbarining yaqinda Yevropaga qilgan xizmat safari chog‘ida Yaponiya elchixonalarining xizmat avtomashinalaridan sayyohlik safarlarida foydalangani bilan bog‘liq janjal markaziga tushib qoldi.

Shotaro Kisida Parij va Londondagi sayyohlik joylariga sayohat qilish uchun xizmat avtomobillarini so‘ragani haqidagi ma’lumot Daily Shincho nashrida chop etildi.

Jumladan, Londonning Big Ben, Bukingem saroyi kabi diqqatga sazovor joylarini tomosha qilish uchun elchixona avtomobilini oldi, hatto Harrods`da to‘xtadi, deya ta’kidlagan gazeta suhbatdoshi.


Ispaniyada ikkita cherkovga qilingan hujumlarda bir kishi halok bo‘ldi, to‘rt nafari yaralandi

Chorshanba kuni Ispaniya janubidagi Alxesiras shahridagi ikki cherkovga qilingan hujumlar oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi va to‘rt kishi yaralandi.

Mahalliy matbuot xabarlariga ko‘ra, chorshanba kuni soat 20:00 atrofida bir kishi Alxesirasdagi ikkita cherkovga machete bilan hujum qilgan, natijada bir ruhoniy o‘ldirilgan va to‘rt kishi jarohatlangan. Hujum qilgan shaxs politsiya tomonidan qo‘lga olingan.

Pais gazetasining politsiyaga tayanib xabar berishicha, hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Ispaniya Milliy sudi teraktda gumon qilmoqda.


Jo Bayden Ukrainaga 31 ta Abrams tankini yetkazib berish qarorini e’lon qildi

AQSh prezidenti Jozef Bayden chorshanba kuni uning ma’muriyati Ukrainaga Amerikada ishlab chiqarilgan 31 ta M1 Abrams tankini berishini ma’lum qildi.

«Bugun men AQSh Ukrainaga 31 ta Abrams tankini yuborishini e’lon qilaman, bu bitta ukrain bataloniga teng», — dedi u Oq uyda.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu qarorni Mudofaa vaziri Lloyd Ostin tavsiya qilgan, u davlat kotibi Entoni Blinken bilan birga Jon Baydenga nutqi chog‘ida hamrohlik qilgan. «Chunki u Ukrainaning o‘z hududini himoya qilish va strategik maqsadlarga erishish qobiliyatini oshiradi», — dedi Jo Bayden.

Uning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar Kiyevni zarur ehtiyot qismlar va jihozlar bilan ham ta’minlaydi va Vashington tez orada ukrainalik askarlarni tanklardan foydalanish hamda texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘qitishni boshlaydi. Texnikalarni yetkazib berish biroz vaqt talab etadi, dedi prezident.


Juma kuni avtobus kattaligidagi asteroid Yerga juda yaqin masofadan uchib o‘tadi

Yaqin bir necha soat ichida Yer yaqinidan katta asteroid uchib o‘tadi, deya xabar qilmoqda BBC.

daйжест, жаҳон yangiликлари

2023 BU deb nomlanuvchi avtobus o‘lchamidagi kosmik tosh Grinvich bo‘yicha yarim tundan keyin Janubiy Amerikaning janubiy uchi ustidan uchib o‘tadi.

Uning Yerga eng yaqin nuqtasi 3600 km bo‘ladi — bu qariyb yer bag‘irlab uchish hisoblanadi.

Asteroid o‘tgan dam olish kunlarida topilgan — uni Qrimda yashovchi havaskor astronom Gennadiy Borisov payqadi. Shundan so‘ng olimlar BU 2023 hajmi va orbitasini hisoblab chiqdilar.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, asteroid sun’iy yo‘ldoshlar joylashgan 36 ming kilometr balandlikdagi geostatsion orbitaga kiradi. Ammo hisob-kitoblar shuni ko‘rsatdiki, sun’iy yo‘ldoshlardan biri bilan to‘qnashuv ehtimoli past va olimlar bu borada tashvishlanayotganlari yo‘q.