Chexiyadagi saylovlarda sobiq NATO generali g‘olib bo‘ldi

Chexiyadagi prezidentlik saylovlarida Kremlning ashaddiy tanqidchisi sifatida tanilgan iste’fodagi general, G‘arbga yaqinlashish tarafdori bo‘lgan Petr Pavel g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Politico nashri o‘z manbalariga asoslanib xabar bermoqda.

»daйжест,

Barcha saylov uchastkalaridagi ovozlar hisoblab chiqilganidan so‘ng, Pavel 58 foiz ovoz to‘plagan, uning raqibi mamlakatning sobiq bosh vaziri, milliarder Andrey Babish esa prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida 42 foiz atrofidagi ovoz bilan mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlaktdagi umumiy saylovchilarning 70 foizi prezidentlik saylovlarida ishtirok etgan. Petr Pavel 9 mart kuni qasamyod qabul qiladi va prezidentlik lavozimida Milosh Zemanning o‘rnini egallaydi. 2013 yildan buyon prezident bo‘lgan Zeman bu saylovsvlarda vorisi sifatida Andrey Babishni qo‘llab-quvvatlagan edi.


Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishi to‘xtab qoldi

Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Tobias Billstrem Expressen nashriga bergan intervyusida Qur’on nusxasini yoqish bilan bog‘liq voqealar ortidan mamlakatning NATOga a’zo bo‘lish jarayoni to‘xtab qolganini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, vazir joriy yilning iyul oyida Vilnyusdagi sammitda Turkiya bilan kelishuvlarga erishishdan umidvorligini ham yashirmadi. Turkiya prezidenti Rejeb Toyib Erdogan Shvetsiya rasmiylari ekstremistik harakatlarga yo‘l qo‘yib berayotganligi uchun alyansga qo‘shilish haqidagi arizasini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortayapti.


Pokistonda avtobusning jarlikka qulashi oqibatida 40 nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi

Pokistonning Balujiston viloyatida avtobusning halokatga uchrashi oqibatida 40 dan ortiq yo‘lovchilar halok bo‘lgan. Bu haqda Sky News nashri mahalliy OAVga tayanib yozmoqda.

Avtobus jarlikka qulagandan so‘ng, ustunga urilib yonib ketgan. Rasmiylarning aytishicha qurbonlar orasida bolalar ham bor. Avtobusda jami 44 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi avtobusning me’yoridan ortiq tezlikda boshqarilishi oqibatida sodir bo‘lgani aytilmoqda.



Gaagada 700 dan ortiq iqlim namoyishchilari hibsga olindi

Gaagada hukumat tomonidan qazib olish uchun subsidiyalarga qarshi namoyish paytida 700 dan ortiq odam hibsga olingan. Bu haqda yakshanba kuni Gollandiya politsiyasi ma’lum qildi.

»daйжест,

Shanba kuni tushdan keyin Gaagadagi yuzlab iqlim faollari hukumatning neft va gaz kabi qazib olinadigan yoqilg‘ilarga subsidiyalar berayotganiga norozilik bildirish uchun katta A12 magistralini ikki yo‘nalishda to‘sib qo‘yishdi. Aksiya «Yo‘q bo‘lish isyoni» harakati tomonidan tashkil etilgan.


Erondagi o‘q-dorilar omboriga mini-dronlar hujumi uyushtirildi

Eronning Isfaxon shahridagi o‘q-dorilar omborida 28 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 23:30da kuchli portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda IRNA.

«Isfaxon shahrining shimoliy tumanida portlash ovozi eshitildi», — deb yozadi agentlik. Ma’lum qilinishicha, portlashlar uchta dron yordamida amalga oshirilgan.

Dronlardan biri zenit qurollari bilan urib tushirilgan, qolgan ikkitasi harbiylar tomonidan tutib olingan va portlatilgan. Omborga ozgina zarar yetgan, qurbonlar va qurbonlar haqida rasmiy ma’lumot yo‘q. Tasnim agentligi kuch ishlatar tuzilmalardagi manbalariga tayanib kamida ikki kishining halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Keyinroq Al Arabiya telekanali manbalarga tayanib, Amerika samolyotlari Isfaxondagi hujumda ishtirok etgani va uning nishoni ballistik raketalar ombori bo‘lganini ma’lum qildi.

Xorijiy ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda boshqa shaharlar — Alborz, Xamadon, Kerejda ham portlashlar sodir bo‘lgani, shuningdek, Tehronda havo hujumidan ogohlantirish haqida ko‘plab xabarlar tarqalgan. IRNA bularning soxta ekanligini ta’kidlab, Isroilni mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirish uchun OAV orqali eronliklar orasida vahima uyg‘otish maqsadida hujum uyushtirishda aybladi.

Mamlakat shimoli-g‘arbida, Sharqiy Ozarbayjon viloyatining Azarshahr shahridagi motor moyi ishlab chiqaruvchi zavodda ham portlash sodir bo‘ldi, deb yozadi Tasnim. Ushbu hududda 5,9 magnitudali zilzila ham sodir bo‘lgan. Biroq portlash zilzila bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi haqida hozircha hech qanday dalil yo‘q.


Erondagi zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 1000 ga yaqinlashdi

Eron shimoli-g‘arbida sodir bo‘lgan 5,9 magnitudali zilzila qurbonlari soni 973 kishiga yetdi, deya xabar bermoqda Tasnim agentligi favqulodda xizmatlar vakili Mojtaba Xolediyga tayanib.

»daйжест,

«Hoy shahridagi zilzila natijasida bugungi kunga qadar 973 kishi jabrlangan. Ularning barchasi G‘arbiy Ozarbayjon viloyatidagi shifoxona va tibbiyot markazlariga, 858 nafari Xoy shahar kasalxonasiga, qolganlari esa Selmas va Chaypare shaharlaridagi kasalxonalarga joylashtirilgan», — dedi u.

Avvalroq OAV 816 qurbon haqida xabar bergan edi. Kamida uch kishi halok bo‘ldi.


Peruda avtobus jarlikdan qulashi oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi

Peruda 60 yo‘lovchisi bo‘lgan oddiy avtobus jardan qulab tushdi, deb xabar bermoqda RPP radiosi. Xabarga ko‘ra, avtobus Panamerika shossesining 121-kilometrida jarlikka qulagan.

»daйжест,

Ushbu OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 25 kishi halokat qurboni bo‘lgan, huquq-tartibot idoralari xodimlaridan halok bo‘lganlar soni to‘g‘risida hozircha rasmiy ma’lumotlar olinmagan.

Dastlabki versiyaga ko‘ra, haydovchi yo‘lning qiya nishabli qismida boshqaruvni yo‘qotgan. Fojia kechasi sodir bo‘lgan. Politsiya hodisa sabablarini o‘rganmoqda.