Qirg‘iziston hukumati mamlakatdan naqd dollar olib chiqishni vaqtincha chekladi. Taqiq «moliyaviy-iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, ichki valyuta bozoridagi vaziyatni barqarorlashtirish, milliy manfaatlarni himoya qilish» maqsadida joriy etildi.
JSST «Dok-1 Maks» va «Ambronol» siroplarining sifat standartlariga mos kelmasligi haqida ogohlantirish e’lon qildi. Bu O‘zbekistonda kamida 20 nafar bolaning o‘limi bilan bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqaruvchi kompaniya — Marion Biotech tashkilotga hali sifat kafolati bo‘yicha hujjat taqdim etmagan.
AQShda uchuvchilarga ma’lumot tarqatuvchi NOTAM tizimidagi nosozlik tufayli barcha ichki reyslarga taqiq joriy etildi. 6000 dan ortiq reyslar kechiktirildi, 1000 ga yaqin reyslar bekor qilindi. Hozirda taqiq olib tashlangan.
Hindistonda O‘zbekistonda bolalarning ommaviy o‘limiga aloqador yo‘tal siropini ishlab chiqargan kompaniya — Marion Biotech litsenziyasi to‘xtatildi. Hozirgacha «Dok-1 Maks» siropidan O‘zbekistonda 20 dan ortiq bola vafot etgan.
Saudiya Arabistoni Haj va umra ishlari vazirining ma’lum qilishicha, koronavirus sabab qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi. «Haj ziyoratiga keluvchilar soni pandemiyagacha bo‘lgan darajaga qaytadi, yosh cheklovlari bo‘lmaydi», — dedi vazir.
Yanvar oxirigacha Braziliya poytaxtida sobiq prezident tarafdorlari uyushtirgan tartibsizliklar sabab favqulodda holat joriy etildi. Voqea fonida shtat gubernatori ishdan bo‘shatildi. Namoyishchilar hukumat binolariga bostirib kirdi, yuzlab odamlar hibsga olindi. Prezident namoyishchilar jazolanishini aytdi.
RF prezidenti Mudofaa vazirligiga 6 yanvar soat 12:00 dan 7 yanvar soat 24:00 gacha Ukrainadagi butun jangovar to‘qnashuvlar chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi. Avvalroq Patriarx Kirill shunday murojaat bilan chiqqan edi.
McDonald’s brendi yetkazib berishdagi muammo sababli Qozog‘istonni tark etmoqda. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, McDonald’s Qozog‘istondagi franshiza egasiga kotlet uchun go‘shtni rossiyalik yetkazib beruvchidan olishni taqiqlagan. Mahalliy va yevropalik yetkazib beruvchilar bilan ishlash zararga uchratishi mumkin.
2022 yilda jamoatchilik Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov garderobidagi deyarli 2,5 mln somlik (qariyb $29,2 ming) yoki uning yillik daromadining 2,5 barobariga teng kiyimlariga e’tibor qaratdi. Misol uchun, o‘tgan yilning oktabrida prezident $15,3 minglik italyan kurtkasida ko‘rinish berdi.
Har yili juda ko‘p kitoblar dunyo yuzini ko‘radi, ammo ularning ma’lum bir qismigina kitobxonlar e’tiborini qozonadi. 2022 yilda dunyo bo‘ylab qanday kitoblar bestsellerga aylandi va yilning eng yaxshi kitoblari deb topildi? «Gazeta.uz» bu savolga javob izladi.
Rossiyaning Ukrainaga bosqinchilik urushi qachon tugashi noaniq. Ekspertlar front voqealaridan taxminiy xulosani chiqarmoqda: ba’zilar urushni qahraton qish hal etadi deydi, ayrimlar esa mutlaqo boshqa fikrda. «Gazeta.uz» The Guardian nashrida e’lon qilingan xulosalarni o‘zbek tiliga o‘girdi.
Ikki yillik og‘ir pandemiyadan so‘ng kovidning chekinishi, Ukrainadagi urush, barqarorlikka daxl qiluvchi iqtisodiy inqiroz va siyosiy tartibsizliklar, ekstremal ob-havo sharoitlari, hayajonlarga boy mundial — 2022 yilning eng muhim voqealari «Gazeta.uz»ning yil yakunlariga bag‘ishlangan sharhida.
Afsonaviy braziliyalik futbolchi Pele 82 yoshida vafot etdi. U uch karra jahon chempioni bo‘lgan yagona futbolchi edi.
Olmaotada yanvar voqealari qurbonlari xotirasi uchun o‘rnatilgan «Tag‘zim» yodgorligi ochildi. Marosimda Qozog‘iston prezidenti qatnashdi. U fojiali hodisalarni doimo yodda tutish lozimligini, shu bois yodgorlik o‘rnatish haqida ko‘rsatma berganini ta’kidladi. Voqealar davomida 238 kishi halok bo‘lgandi.
Afg‘oniston Oliy ta’lim vaziri ayollarning OTMga erkak hamrohsiz kelgani, hijob masalasi, aralash dars o‘tilgani va «islomga zid» fakultetda o‘qigani uchun ularga ta’qiq qo‘yilganini aytdi. Vazir bu haqda xalqaro hamjamiyatning fiklariga nisbatan mamlakatning ichki ishlariga aralashmaslikni so‘radi.
Afg‘oniston muvaqqat hukumati Oliy ta’lim vazirligi mamlakatda mavjud universitetlarga maktub yo‘llab, talaba qizlarning ta’lim muassasalaridagi o‘qish jarayonlarida ishtirok etishini to‘xtatib qo‘yish haqida buyruq berdi.
Ukraina energetika obyektlariga ommaviy raketa hujumi uyushtirilishi oqibatida mamlakat yagona energetika tizimining 50 foizi yo‘qotildi. Shuningdek, Krivoy Rogdagi turar-joy binosi ham o‘qqa tutildi.
Qozog‘istonda elektr energiyasi iste’moli rekord darajada oshgani sababli yirik sanoat korxonalari uchun cheklovlar joriy etilmoqda. Elektr taqchilligi Rossiyadan import qilish hisobiga qoplanyapti.
Comedy Wildlife Photography Awards 2022 yilgi g‘oliblarni e’lon qildi. Eng yaxshi surat daraxtdan qulayotgan sher bolasining surati bo‘ldi.
Time jurnali Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni 2022 yil yakunlariga ko‘ra, «Yil odami» deb topdi. Jurnal, shuningdek, eronlik ayollarni «Yil qahramonlari» deb e’lon qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting