Nyu-Yorkda terakt uyushtirgan o‘zbekistonlik sudda aybdor deb topildi

Payshanba kuni bo‘lib o‘tgan sudda 2017 yilda Nyu-York markazida terakt uyushtirib, sakkiz kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Sayfullo Soipov bir nechta og‘ir jinoyatlarda aybdor deb topildi, deya xabar qildi «Amerika ovozi».

Sayfullo Soipov o‘lim jazosiga hukm qilinsa, bu so‘nggi 60 yil ichida birinchi marta shunday hukm bo‘lishi mumkin. Uni qatl etish yoki qolgan kunlarini qamoqda o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror 6 fevral kuni e’lon qilinadi.


BMT bosh kotibi internetni cheklashga chaqirdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish hukumatlar, kompaniyalar va tartibga soluvchilarni internetda nafrat va yolg‘on tarqalishining oldini olish uchun cheklovlar o‘rnatishga chaqirdi, deya xabar qildi RIA Novosti.

«Bugun men axborot ekotizimiga ta’sir ko‘rsatadigan barchaga — tartibga soluvchilar, siyosatchilar, texnologiya kompaniyalari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati va hukumatlarga shoshilinch murojaat qilaman. Nafratni to‘xtating. Cheklovlarni belgilang. Ularni qo‘llang. Internetning ko‘plab burchaklari nafrat va g‘arazli yolg‘onlarning zaharli omboriga aylanmoqda», — dedi Guterrish Xalqaro Xolokostni xotirlash kuni munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda.

«Shuningdek, men ommaviy axborotning yaxlitligini ta’minlash uchun odob-axloq kodeksini qabul qilishga chaqiraman — toki odamlar uydirma emas, faktlar asosida tanlov qilishlari mumkin bo‘lsin. Hammamizning o‘rnimiz bor. Biz eski nafratning raqamli platformalarda yangi manbalar topishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz», — deya qo‘shimcha qildi u.


Yangi Zelandiyadagi Oklend aeroporti kuchli suv toshqinlari tufayli yopildi

Yangi Zelandiyadagi Oklend aeroporti suv toshqini tufayli ishni butunlay to‘xtatdi, deb xabar berdi havo bandargohi sayti.

»дайжест,

«Suv toshqini tufayli yuzaga kelgan jiddiy uzilishlar tufayli 28 yanvar, shanba kuni tushlikgacha na ichki, na xalqaro reyslar yetib kelmaydi va aeroportdan uchib ketmaydi», — deyiladi xabarda.

Yo‘lovchilarga jadvaldagi o‘zgarishlar haqida so‘nggi ma’lumot olish uchun aviakompaniyalariga murojaat qilish tavsiya etildi. «Bizning jamoamiz aeroportni imkon qadar tezroq qayta tiklash va ishga tushirish uchun kechayu kunduz ishlamoqda», — deyiladi xabarda.


Ozarbayjonning Erondagi elchixonasiga uyushtirilgan hujumda bir kishi halok bo‘ldi

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi juma kuni mamlakatning Erondagi elchixonasiga uyushtirilgan hujum natijasida bir kishi halok bo‘lgan, ikki kishi yaralanganini ma’lum qildi.

Tehron politsiya departamenti rahbarining so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga olingan hujumchi so‘roq paytida «o‘z sabablarini shaxsiy va oilaviy muammolari bilan izohlagan». Eron poytaxti politsiya departamenti boshlig‘i Husayn Rahimiyning so‘zlariga ko‘ra, so‘roq paytida erkak uzoq vaqtdan beri elchixonaning to‘rtinchi qavatida turgan xotinini ozod qilishga urinayotganini iddao qilgan.

Keyinroq Boku Eronni Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaganlikda aybladi.


Madagaskarda «Cheneso» tropik bo‘roni qurbonlari soni 16 kishiga yetdi

Madagaskarda «Cheneso» tropik to‘foni qurbonlari soni 16 kishiga yetdi, yana 19 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda payshanba kuni Xatarlar va tabiiy ofatlar milliy agentligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Sinxua.

Tabiiy ofatlar 15 mintaqada 55 mingdan ortiq odamga ta’sir ko‘rsatdi. 25678 kishi evakuatsiya qilindi, 13356 ta uy suv ostida qoldi, yana 500 kishi vayron bo‘ldi.

«Cheneso» 19 yanvar kuni orol davlatining shimoli-sharqiy sohiliga urilgan, so‘ngra janubi-g‘arbiy tomonga siljigan edi.

Madagaskarning janubi va janubi-g‘arbidagi hududlar uchun sariq xavf darajasi saqlanib qolmoqda, bu yerda kuniga 40−80 mm gacha yog‘ingarchilik tushishi davom etadi, deyiladi xabarda. Sinoptiklarning ogohlantirishicha, g‘arbiy sohilda ham kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.


Minglab amerikaliklar Facebook, Instagram i WhatsApp`ga ulana olmay qoldi

Chorshanba kuni Meta kompaniyasining eng yirik ijtimoiy tarmoqlari AQShda minglab foydalanuvchilar uchun ishlamay qoldi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.

18 mingdan ortiq Instagram foydalanuvchilari va 13 mingga yaqin Facebook foydalanuvchilari ilovalarga kirishda muammolar haqida xabar berishdi.

Ushbu muammo nima sababdan ro‘y bergani ma’lum qilingani yo‘q.