Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari 14 may kuni bo‘lib o‘tadi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Bursa shahrida yoshlar bilan uchrashuvda respublikada prezidentlik va parlament saylovlari 14 may kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.

Shuningdek, u 10 mart kuni saylov o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzolashini, shundan so‘ng saylov kampaniyasini o‘tkazish uchun qonunda belgilangan 60 kunlik muddat boshlanishini ta’kidladi, deb xabar bermoqda TRT.

Avvalroq saylovlar 18 iyun kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Saylov muddatining o‘zgarishi muxolifat nomzodlari saylovoldi tashviqotlari uchun vaqtlarini sezilarli darajada yo‘qotishi ta’kidlanmoqda. Davlat rahbari saylov muddatning o‘zgarishiga mintaqaning mavsumiy xususiyatlari hamda talabalar uchun imtihonlar iyun oyida boshlanishini sabab qilib keltirdi.


Kaliforniyada sodir bo‘lgan otishmada o‘n kishi olamdan o‘tdi

AQShning Kaliforniya shtati Monterey-Park shahridagi korxonada sodir bo‘lgan otishmada o‘n kishi halok bo‘ldi. Ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumon qilingan shaxs voqea joyidan qochib, tez orada o‘zini otib o‘ldirgan, deya xabar bermoqda BBC.

Yakshanba kuni mahalliy politsiya qirg‘inda gumon qilingan shaxs yaqin atrofdagi Alhambra shahrida politsiya tomonidan yo‘li to‘silgan oq pikapda o‘zini otib o‘ldirganini ma’lum qildi.

Politsiya o‘zini otib o‘ldirgan ommaviy qotillikda gumonlanuvchi 72 yoshli mahalliy osiyolik Xu Kan Tran ekanligini aniqladi.


Suriyaning Aleppo provinsiyasida bino qulashi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

Yakshanba kuni Suriya shimolidagi Aleppo provinsiyasida turar-joy binosining qulashi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi, yana 4 kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda Xitoyning Sinxua axborot agentligi.

Shayx-Maqsud tumanidagi asosan kurdlar istiqomat qiladigan 5 qavatli bino suvning yuvilishi oqibatida qulab tushdi. IIV ma’lumotlariga ko‘ra, uyda 7 ta oila yashagan.


Eronda uch nafar ayol jurnalist qamoqqa olindi

Eron Jurnalistlar uyushmasi poytaxt Tehronda ayol jurnalistlar Melika Hoshimiy, Saide Shafiiy va Mehrnush Zariy hibsga olindi, deya xabar bermoqda Jamaran nashri.

Qayd etilishicha, jurnalistlar Melika Hoshimiy, Saide Shofiiy va Mehrnush Zariy Tehrondagi Evin qamoqxonasida saqlanmoqda.

Shafiiyning rejimga qarshi targ‘ibot va milliy xavfsizlikka tahdid qilganlikda ayblangani qayd etilgan bo‘lsa-da, qolgan 2 jurnalistga qo‘yilgan ayblovlar haqida ma’lumot berilmagan.

Eron inson huquqlari faollari axborot agentligiga ko‘ra, o‘tgan yilning sentabr oyida namoyishlar boshlanganidan buyon mamlakatda 79 jurnalist hibsga olingan.


Qozog‘istonda sobiq McDonald’s restoranlari nomsiz holda qayta ochildi

23 yanvar kuni Olmaotada ilgari McDonald’s brendi ostida ishlagan restoranlar qayta ochildi.

»daйжест,

Restoranlarga egalik qiluvchi Food Solutions KZ bosh direktori Aset Mashanovning aytishicha, barcha shaharlarda restoranlar asta-sekin ochiladi. Yopilishdan oldin kompaniya mamlakatning 6 shahrida 20 dan ortiq McDonald’s restoranlariga ega edi.

Peshlavhalarga «Biz ochiqmiz» (rus tilida bo‘lishi kerak — tah.) deb yozilgan bo‘lib, bunda avvalgi logotipni eslatuvchi «M» harfi sariq rangga bo‘yalgan. Tarmoq nomi tez orada taqdim etiladi.


Xitoyda bir hafta ichida qariyb 13 ming kishi koronavirusdan vafot etdi

Kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish markazi (CDC) bayonotiga ko‘ra, Xitoyda 13−19 yanvar kunlari virus tufayli 12 658 kishi vafot etgan vafot etdi.

2022 yilning 8 dekabridan 2023 yilning 12 yanvariga qadar mamlakatda KOVID-19 choralari bekor qilinganidan keyin virus tufayli 59 938 kishi vafot etgan. Shunday qilib, oxirgi epidemiya to‘lqinida tasdiqlangan o‘limlar soni 72 ming 596 nafarga ko‘tarildi.

Qayd etilishicha, ayni paytda mamlakat aholisining 80 foizi virus bilan kasallangan.


Nursulton Nazarboyev yurak jarrohlik amaliyotidan so‘ng shifoxonadan chiqdi

Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev yurak jarrohlik amaliyotidan so‘ng Ostonadagi milliy ilmiy kardiologiya markazidan chiqarildi, deb xabar berdi RIA Novosti o‘z manbasiga tayangan holda.

»daйжест,

Jarrohlik amaliyoti taniqli qozog‘istonlik kardiojarroh Yuriy Pya tomonidan o‘tkazildi.

20 yanvar kuni Nazarboyevning matbuot kotibi Aydos Ukibay siyosatchining yuragi jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgani va operatsiya muvaffaqiyatli yakunlanganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya Milliy kardiojarrohlik ilmiy markazida bo‘lib o‘tgan.


Lotin Amerikasi davlatlari umumiy pul birligini joriy etmoqchi

Lotin Amerikasi davlatlari o‘rtasida «umumiy valyuta»ga o‘tish haqida gap ketmoqda. Bu hafta boshlanadigan Lotin Amerikasi Karib havzasi davlatlari hamjamiyati sammiti oldidan Argentina iqtisodiyot vaziri avvalroq Braziliya bilan kun tartibiga olib kelingan loyihada barcha mintaqa davlatlarini ishtirok etishga chaqirdi.

Argentina iqtisodiyot vaziri Sergio Massa Britaniyaning Financial Times gazetasiga mavzu yuzasidan bayonot berdi.

Massaning ta’kidlashicha, loyiha dastlab Braziliya bilan ikki tomonlama tashabbus sifatida ko‘tarilgan.

Argentinalik vazir 24 yanvar kuni Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlari hamjamiyatining sammiti oldidan nutq so‘zlab, mintaqa davlatlarini loyihada ishtirok etishga chaqirdi.

Sammitda yangi valyutaning mintaqaviy savdoga ehtimoliy ta’siri va AQSh dollariga qaramligi muhokama qilinadi.