7-dekabr kuni Rossiyaning Bryansk shahridagi gimnaziyada otishma sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

“Bugun politsiyaga Bryansk shahridagi 5-sonli gimnaziyada otishma bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi. Politsiya xodimlari zudlik bilan voqea joyiga borishdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘quvchi qizlardan biri gimnaziya binosiga o‘qotar qurol olib kirib, bir necha marta o‘q uzgan, oqibatda besh kishi jarohatlangan. Shundan so‘ng qiz o‘z joniga qasd qilgan. Yarador sinfdoshlaridan biri esa jarohatlaridan vafot etgan. Voqea sabablari aniqlanmoqda”, — deyiladi IIVning Bryansk viloyati bo‘yicha boshqarmasi xabarida.

Jarohat olgan besh nafar o‘smirning ahvoli o‘rtacha og‘irlikda kasalxonaga yotqizilgan. Keyinroq Sog‘liqni saqlash vazirligi qurbonlardan birining ahvoli og‘ir ekanligiga aniqlik kiritdi.

Baza Telegram kanali o‘q uzgan qizning ismini aniqladi, u 8-sinf o‘quvchisi 14 yoshli Alina A. bo‘lib chiqdi. Kanal ma’lumotlariga ko‘ra, u maktabga otasiga tegishli qurolni trubkada olib kelgan. Biologiya darsi boshlanganda kabinetga kirib kelgan qiz sinfdoshlariga qarata o‘t ochgan.

Mash Telegram kanalida qayd etilishicha, marhum maktabda tahqirlangan va bu fojia sabablaridan biri bo‘lishi mumkin.