Yangi Zelandiya hukumati kelajak avlod uchun chekishni taqiqlash bo‘yicha dunyodagi birinchi qonunni bekor qildi, deb yozmoqda The Guardian.

2022-yil oxirida qabul qilingan qonun 2009-yil 1-yanvardan keyin tug‘ilgan barchaga sigaret sotishni taqiqlashi rejalashtirilgan edi. U 2024-yil iyul oyida kuchga kirishi kutilgandi.

Shuningdek, qonunda tamaki mahsulotlarida nikotin konsentratsiyasini kamaytirish va butun mamlakat bo‘ylab tamaki sotish shoxobchalari sonini 6000 tadan 600 tagacha kamaytirish ko‘zda tutilgandi.

Rasmiylar bunday qadamni soliqlarni kamaytirish maqsadida qilgan, deya aniqlik kiritgan nashr.

oktabr oyida mamlakatda umumxalq saylovi bo‘lib o‘tgan va unda konservativ Milliy partiya g‘alaba qozongan. U boshqa kichik partiyalar, jumladan, populistik No NZ First bilan koalitsiya tuzgan.

Milliy partiya chet ellik xaridorlarning mulk bozoriga qaytishiga ruxsat berish orqali ba’zi soliq imtiyozlarini moliyalashtirishga umid qilgan. Ammo NZ First tashabbusni rad etgan.

Mamlakatning yangi moliya vaziri Nikola Uillisning so‘zlariga ko‘ra, endi sigaretlar sotishdan tushgan daromad soliqlarni kamaytirishga yo‘naltiriladi.

Avvalroq Britaniya hukumati “chekmaydigan avlod”ni yaratish maqsadida Angliyada 2008-yildan keyin tug‘ilganlarga tamaki mahsulotlarini sotishni taqiqlashni rejalashtirgandi. Bu 2040-yilga borib yoshlar orasida chekishni deyarli tamomila to‘xtatish imkonini berishi aytilgan.