16 avgust kuni Minskda ikkita namoyish bo‘lib o‘tdi: Lukashenko tarafdorlari va unga qarshilar.

Belarus Ichki ishlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, Lukashenkoni qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan namoyishda 65 ming kishi qatnashgan. Ushbu namoyish qatnashchilarining bir qismi mamlakatning turli hududlaridan avtobuslarda olib kelingani ham qayd etildi. Ularning orasida asosan byudjet tashkilotlari ishchilari bo‘lganligi aytilmoqda.

Minskdagi Mustaqillik maydoni. Foto: Vse42.ru.

Namoyish Minskdagi Mustaqillik maydonida bo‘lib o‘tdi, namoyishchilarning oldiga Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning o‘zi chiqib, ularga murojaat qildi.

«Men sizlarni bu maydonga chaqirmoqchi emasman, ishlaringiz ko‘p… Men mitinglar tarafdori emasman, lekin sizlarni yordamga chaqirishga majbur bo‘lganim mening aybim emas», — deya ta’kidladi prezident. U o‘z tarafdorlarini o‘zini «ximoya qilish» uchun emas, o‘z mamlakatlarini himoya qilishlari uchun chaqirganligini aytdi.

Lukashenko qayta saylovlar bo‘lib o‘tmasligini ma’lum qildi: «80 foizdan ortiq qalbakilashtirish bo‘lishi mumkin emas! Bo‘lishi mumkin emas… (Yangi — tahr.) saylovlarni kim o‘tkazadi? Kim u saylovlarga boradi?..»


Lukashenkoning hokimiyatdan ketishini talab qilganlarga qarata prezident shunday dedi: «Ular menga „Ket!“ deb baqirishyapti. Gap bo‘lishi mumkin emas! Gap yo‘q, gap yo‘q! Lekin ular bizni va bolalarimizni o‘ldirishadi va shilib olishadi. Esingizda tuting». Lukashenko tarafdorlari prezident nutqidan keyin tarqala boshlashdi.

Saylov natijalaridan norozi bo‘lgan aholi ham yakshanba kuni namoyishga chiqishdi. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, Minsk ko‘chalariga 200 ming atrofida odam chiqqan, bu Belarus tarixidagi eng yirik namoyish. Mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishlar qatnashchilari orasida to‘qnashuvlar yuz bermagan.

Lukashenkoga qarshi namoyish qatnashchilari poytaxt ko‘chalari bo‘ylab uzun kolonnalar tashkil etishdi, keyin esa Hukumat uyi oldida to‘planishdi.

Minsk. Foto: RIA Novosti.

Minskdan tashqari, mamlakatning boshqa shaharlarida ham oppozitsiya tarafdorlari namoyishlarga chiqishgan: Pinsk, Brest, Grodno, Mogilyov, Vitebsk va Baranovichi.

Vitebsk. Foto: Radio Svoboda.

Brest. Foto: Sputnik.

Grodno. Foto: Radio Svoboda.

Grodno. Foto: Radio Svoboda.


Grodno. Foto: Radio Svoboda.

Mogilyov. Video: Nexta Live.

Shu kunning o‘zida, Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefonda gaplashib, Belarusdagi vaziyatni muhokama qilgan. Putin Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) doirasida Lukashenkoga yordam berishga tayyor ekanligini bildirgan.