Mali poytaxti Bamako chekkasidagi harbiy bo‘linmalar 18 avgust kuni isyon ko‘tarib, poytaxt tomon yo‘l olishdi. Keyinroq ular prezident Ibrohim Bubakar Keyta va bosh vazir Bubu Sisse hibsga olingani haqida xabar berishdi, deya ma’lum qildi «TASS».

Qo‘zg‘olonning sabablari to‘liq ma’lum emas. Ammo gap to‘lovlar miqdorining past ekanligidan norozi bo‘lgan harbiy bo‘linmalar haqida ketmoqda. Mali Mudofaa vazirligi vakili «mamlakatda chalkashliklar hukm surayotganligini» aytgan.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, hibsga olinganidan bir necha soat o‘tgach, Ibrohim Bubakar Keyt o‘z iste’fosini va parlament tarqatib yuborilishini e’lon qildi. «Men bundan buyon vakolatlarimni tark etishga qaror qildim… Men o‘z kuchimni saqlab qolish uchun qon to‘kilishini istamayman», — dedi prezident. Uning nutqi davlat televideniyesida namoyish etildi.

Qo‘zg‘olonchilar xalqni qutqarish uchun milliy qo‘mita tashkil etilganligini e’lon qilishdi. Hozirgi siyosiy inqiroz so‘nggi oylarda mamlakatda kuchayib ketgan hukumatga qarshi muxolifat tomonidan bir necha bor kuchaytirildi.

TASS ta’kidlaganidek, Saudiya Arabistonida tahsil olgan taniqli din arbobi Imom Mahmud Diko siyosiy ustunlikka o‘tdi. U muxolifatdagi «5 iyun harakatini — Vatanparvar kuchlar ittifoqi»ni yaratdi. Uning ishtirokchilari prezidentning zudlik bilan iste’foga chiqishini va rejimni o‘zgartirishni talab qilishdi. Eng yirik hukumatga qarshi namoyishlar 5, 19 iyun va 10 iyul kunlari poytaxtda bo‘lib o‘tdi.

BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish Malidagi isyonlarni qoralab, konstitutsion tuzum va qonun ustuvorligini tezda tiklashga, shuningdek, mamlakat rahbarlarini ozod qilinishiga chaqirdi.

G‘arbiy Afrika davlatlarining iqtisodiy hamjamiyati (EKOVAS) Malidagi harbiylardan zudlik bilan kazarmalarga qaytishni talab qildi. Ular mamlakatni yanada beqarorlashtirishi islomiy terrorchilik tuzilmalarining faollashuviga yordam berishi mumkinligidan xavotirda. Hamjamiyat, shuningdek, barcha chegaralar yopilgani va Mali bilan barcha iqtisodiy bitimlarning yakunlanishi haqida e’lon qildi.

So‘nggi yillarda Malida terrorchi tashkilotlar faollashdi, deb yozadi TASS. Ularning eng kattasi G‘arbiy Afrikadagi Islomiy Davlat (ISWAP) va Buyuk Sahrodagi Islomiy Davlat (ISGS). Ikkalasi ham «Islomiy davlat» tuzilmalaridir. «Al-Qoida» bilan bog‘liq guruhlar Burkina-Faso bilan chegaradosh hududlarda ham ishlaydi. Terroristlar qit’aning g‘arbiy qismida Afrika xalifatini barpo etishni rejalashtirishmoqda.