19 avgust kuni Nasdaq fond birjasida Apple aksiyalarining umumiy qiymati 2 trln dollardan oshdi. Apple AQSHdagi bunday natijaga erishgan birinchi, dunyodagi ikkinchi kompaniyaga aylandi, deya xabar berdi vc.ru.

Kompaniya aksiyalari 1,14 foizga ko‘tarilib, bitta aksiya uchun 467,51 dollarni tashkil etdi. Yil boshidan buyon kompaniyaning aksiyalari 59,24 foizga qimmatladi. Taxminan ikki yil oldin kompaniyaning bozor qiymati 1 trln dollarga yetgan edi. Iyun oyida kompaniyaning kapitallashuvi 1,5 trln dollaridan oshdi. Amazon, Microsoft i Alphabet kompaniyalarining qiymatlari esa 1 trln dollardan oshdi.

Iyul oyida kompaniya direktorlar kengashi tomonidan chiqarilgan aksiyalarining to‘rtdan bir qismga bo‘linishini tasdiqladi. Bu yo‘l orqali kompaniya qimmatbaho qog‘ozlarni sarmoyadorlar uchun yanada qulayroq qilishni xohlamoqda. Hozirda erkin muomalada 4,7 mlrdga yaqin aksiya mavjud.

Apple aksiyalarining o‘sishiga, asosan, ushbu kompaniyaning qurilmalariga bo‘lgan doimiy talab tufayli erishildi, deya ta’kidladi Wall Street Journal.

Qisqa muddatga bo‘lsada, 2 trln dollarlik chegarani bosib o‘tgan birinchi kompaniya Saudi Aramco neft kompaniyasi bo‘lgan edi. Bu o‘tgan yilning dekabr oyida — aksiyalarning ommaviy savdosiga qo‘yilgan kunning ertasiga sodir bo‘lgan.