23 avgust kuni Belarus poytaxtidagi Mustaqillik maydoni va “Minsk — Qahramon shahar” me’moriy majmuasida bo‘lib o‘tgan prezident saylovi natijalaridan norozi bo‘lganlarning namoyishi — “Yangi Belorussiya marshi” 100 mingga yaqin ishtirokchilarni jamladi. Bu haqda Belarusning TUT.by portali xabar berdi.

G‘oliblar shoh ko‘chasidagi “Minsk — Qahramon shahar” me’moriy majmuasi yaqinidagi maydon nafaqat turniketlar, balki tikanli simlar bilan ham o‘ralgan edi, namoyishlar boshlanishidan bir soat oldin mamlakat mudofaa vaziri Viktor Xrenin agar tartib buziladigan bo‘lsa, namoyishchilar bilan armiya shug‘ullanishini aytib o‘tdi.


Foto: TUT.by

Namoyishchilar xavfsizlik kuchlari tomonidan himoya qilinayotgan to‘siqlarga yaqinlashishi bilan, sobiq prezidentlikka nomzod Viktor Babariko shtabi a’zosi Mariya Kolesnikova va Svetlana Tixanovskayaning ishonchli yordamchisi Olga Kovalkova provokatsiyalarning oldini olish uchun barchani “Minsk — Qahramon shahar” me’moriy majmuasidan uzoqlashishni so‘rashdi.

Muxolifatning Muvofiqlashtirish kengashi a’zolari yig‘ilganlarga murojaat bilan chiqishdi. Unda kengash a’zolari o‘z nuqtai nazarlari va pozitsiyalarini ifoda etmagan Vakillar palatasining barcha deputatlarini chaqirib olishini, shuningdek, prezidentning muddatlarini cheklaydigan 1994 yilgi konstitutsiyani qaytarish bo‘yicha respublika referendumini o‘tkazish rejalashtirilayotganini bildirishdi.


Foto: Dmitriy Brushko / TUT.by

Kechga yaqin namoyishchilarning bir qismi tarqalib ketdi, qolganlari esa Davlat bayrog‘i maydoniga harakatlandilar. Mustaqillik saroyi (prezident qarorgohi) oldida xavfsizlik kuchlari va harbiy texnika ularning yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Namoyishchilar kordonga taxminan 50 metr masofaga yaqinlashishi bilan, ommaviy axborot vositalarining xabariga ko‘ra, o‘sha paytdagi vaziyat taranglashgan, ammo ular o‘rtasiga turib olgan musiqachilar “Trы charapaxi” qo‘shig‘ini ijro etishganidan keyin yumshagan va shundan so‘ng, namoyishchilar “Minsk — Qahramon shahar” me’moriy majmuasiga qaytishdi.

Shu o‘rinda, prezident matbuot kotibi Natalya Eysmont holatni quyidagicha tasvirlab berdi: “Ushbu namoyishchilar o‘zicha binoga qandaydir hujum uyushtirishdi desa ham bo‘ladi”.

Keyin saroyga vertolyot uchib keldi, undan Aleksandr Lukashenko va uning kenja o‘g‘li Nikolay bronejilet va qo‘lida avtomat (AK-74U) bilan tushishdi. Ma’lum bo‘lishicha, mamlakat rahbari shahar markazini vertolyotda uchib o‘tgan, shundan so‘ng u Mustaqillik saroyidagi kordon tashqarisiga chiqib, u yerda turgan xavfsizlik kuchlariga xizmat uchun minnatdorchilik bildirdi.

Shanba kuni Grodnoda so‘zlagan Aleksandr Lukashenko, namoyishchilarga “shanba va yakshanba kunlari o‘ylash uchun” berilganligini aytdi: “Dushanba kunidan ular xafa bo‘lmasin. Hukumat o‘z ishini qilishi kerak”, degandi.

Belarusdagi norozilik namoyishlari mamlakatning boshqa viloyatlarida — Vitebsk, Gomel, Grodno, Brest va Mogilevda ham bo‘lib o‘tdi. Yakshanba kungi tadbir namoyishlar davomida Minskda va boshqa shaharlarda hibsga olishlar qayd etilmadi, dedi Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Olga Chemodanova.

Bundan tashqari, 23 avgust kuni dunyoning turli shaharlarida (Riga, Sankt-Peterburg, Varshava, Kiyev) belaruslik namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun mitinglar bo‘lib o‘tdi. Litvada odamlar saf tortishdi (u Vilnyusdan Belorusiya chegarasigacha cho‘zilib, unda Litva prezidenti Gitanas Nauseda, tashqi ishlar vaziri Linas Linkyavichyus, sobiq prezidentlar Dalya Gribauskayte va Valdas Adamkus ishtirok etdi. Moskvada Belarus elchixonasi oldida bo‘lib o‘tgan namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun miting davomida 11 kishi hibsga olindi.