Jons Xopkins universiteti (AQSH) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasi bo‘yicha ro‘yxatga olingan insonlar soni 22 mln dan oshdi.

AQSHda 5,4 mln kishiga COVID-19 tashxisi qo‘yilgan va mamlakat bu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallab turibdi. Ikkinchi o‘rinda Braziliya joylashib, hozirda mamlakatda 3,4 mln dan ortiq kishida COVID-19 aniqlangan. Uchinchi o‘rinda 2,7 mln nafar kasallanganlar bilan Hindiston turibdi. Keyingi o‘rinlarda esa Rossiya (930,2 mingta holat) va Janubiy Afrika (592,1 mingta) bo‘lmoqda.

Dunyo bo‘yicha 781,1 ming kishi koronavirusdan vafot etdi. Ulardan 171,8 ming — AQSHda, 109,8 ming — Braziliyada, 57,7 ming — Meksikada. COVID-19 dan tuzalganlar soni 14,1 mlnga yetdi.

19 avgust kuni ertalabki holatga ko‘ra, O‘zbekistonda 36,7 mingta koronavirus holati qayd etilgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni koronavirus pandemiyasini e’lon qilganida, dunyo bo‘ylab ushbu infeksiya bilan kasallanganlarning umumiy soni 118 minga teng edi. 2 aprel kuni esa bemorlar soni 1 mln dan oshgani e’lon qilingan edi.