Daimler avtomoshinalarida Nokia mobil aloqa texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha uzoq muddatli munozaraga Germaniyaning Mangeym shahridagi sud tomonidan hukm chiqarildi. Bu xaqda Bloomberg nashri ma’lumot berdi.

Nokia kompaniyaning telekomunikatsiya texnologiyasidan litsenziyasiz foydalanib, uning patent huquqlarini buzishda Daimlerni ayblamoqda. Shu sababdan, fin kompaniyasi har bir sotilgan mashinadan tushadigan daromadning bir qismini olish istagini bildiryapti.

Mercedes avtomobillarini ishlab chiqaruvchi Daimler kompaniyasi Nokiadan avtomobil uskunalarni yetkazib beruvchilarga texnologiyalar ishlatish uchun litsenziya berishini talab qilmoqda.

Sud mobil texnologiyalar kompaniyasining shikoyatini xaqli deb topdi. «Dalillar shuni ko‘rsatyaptiki, Daimler va uning tarafdorlari litsenziya olish istagini bildirmayapti», — deyiladi sud bayonotida.

Hukmga muvofiq, Nokia Germaniyada kompaniyaning avtomobillarini sotishni taqiqlash huquqiga ega bo‘la oladi, buning uchun kompaniya yangi sud jarayoni uchun 7 mlrd yevro (8,3 mlrd dollar) miqdoridagi garovni to‘lashi va sudga ushbu da’vo bilan murojaat qilishi kerak bo‘ladi.

Avtomobil ishlab chiqaruvchisi apellyatsiya shikoyatini tayyorlamoqda.