Jahon

Jahon yangiliklari dayjesti
19 mart 2021, 20:30

Jahon yangiliklari dayjesti

Shimoliy Koreyaning Malayziya bilan diplomatik aloqalarni uzgani, Norvegiya bosh vazirining karantin qoidalarini buzganlikda gumon qilinishi, Yevropada AstraZeneca vaksinasi bilan emlash jarayonining qayta tiklangani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
18 mart 2021, 20:49

Jahon yangiliklari dayjesti

Ispaniyaning evtanaziyani qonuniylashtirgani, Avstraliya aholisining 100 yildan beri ilk bor kamaygani, Baydenning so‘zlaridan keyin Rossiyaning o‘z elchisini Moskvaga maslahat uchun chaqirilgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Bayden Putinni qotil deb bildi. Rossiya AQSHdagi elchisini maslahat uchun chaqirib oldi
18 mart 2021, 16:14

Bayden Putinni qotil deb bildi. Rossiya AQSHdagi elchisini maslahat uchun chaqirib oldi

AQSH prezidenti Jo Bayden suhbat davomida Rossiya rahbari Vladimir Putinni «qotil» deb hisoblaydimi yoki yo‘qmi degan savolga ijobiy javob berdi va Rossiya rahbariyati Amerika saylovlariga aralashgani uchun «javob beradi» deya va’da berdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisini maslahat uchun AQSHdan chaqirib oldi.

Jahon yangiliklari dayjesti
17 mart 2021, 20:59

Jahon yangiliklari dayjesti

JSST AstraZeneca vaksinasini qo‘llashga ruxsat bergani, Bayden muhojirlarni AQSHga noqonuniy kirishga urinmaslikka chaqirgani, Qozog‘istonda aholining 60 foizi «Sputnik V» va mahalliy vaksina bilan emlanishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Moderna bolalarda vaksinaning klinik sinovlarini boshladi
17 mart 2021, 15:51

Moderna bolalarda vaksinaning klinik sinovlarini boshladi

AQSHning Moderna kompaniyasi 6 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda koronavirusga qarshi vaksina sinovlarini boshlagani haqida e’lon qildi. Sinovlarda AQSH va Kanada bo‘ylab 6750 nafar bolalar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Olmaota shahri va viloyatida karantin choralari kuchaytirildi
17 mart 2021, 10:40

Olmaota shahri va viloyatida karantin choralari kuchaytirildi

Qozog‘istonning Olmaota shahri va viloyatida karantin choralari kuchaytirilmoqda. Viloyat dam olish kunlari to‘liq karantinga olinadi. Hududda koronavirus holatlari darajasi 0,6 foizga o‘sgan, kuniga 99 holat qayd etilgan.

Jahon yangiliklari dayjesti
16 mart 2021, 20:12

Jahon yangiliklari dayjesti

Janubiy Koreya rahbarining davlat xodimlari bilan bog‘liq korrupsiya mojarosi uchun uzr so‘ragani, Ukrainada Qrimni deokkupatsiya qilish strategiyasining tayyorlangani, Xitoy hukumatining Alibaba’dan media aktivlar portfelini qisqartirishni talab qilgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Nursultonda 18 martdan boshlab karantin e’lon qilindi
16 mart 2021, 12:37

Nursultonda 18 martdan boshlab karantin e’lon qilindi

18 martdan boshlab Qozog‘iston poytaxtida karantin e’lon qilindi. Karantin qoidalariga ko‘ra, shaharda ommaviy tadbirlar o‘tkazish va ularda qatnashish taqiqlanadi.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari AstraZeneca vaksinasini qo‘llashni to‘xtatmoqda
16 mart 2021, 10:53

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari AstraZeneca vaksinasini qo‘llashni to‘xtatmoqda

Germaniya, Fransiya, Italiya va Ispaniya AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni to‘xtatdi. Bundan tashqari, mazkur vaksinaning qo‘llanilishi Indoneziya, Kongo Demokratik Respublikasi, Tailand, Janubiy Afrika tomonidan ham to‘xtatildi. JSST preparatning xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.

Jahon yangiliklari dayjesti
15 mart 2021, 21:07

Jahon yangiliklari dayjesti

Tolibonlarning AQSH tinchlik rejasini rad etishgani, Xitoyning Gongkong to‘g‘risidagi bayonoti uchun G7 davlatlariga norozilik bildirgani, Yevropa Komissiyasining Buyuk Britaniya ustidan Breksit bitimini bajarmaganligi uchun yuridik jarayonini boshlagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Qozog‘istonlik didjey yilning eng zo‘r rekmiksi uchun «Gremmi» sovrinini qo‘lga kiritdi
15 mart 2021, 18:37

Qozog‘istonlik didjey yilning eng zo‘r rekmiksi uchun «Gremmi» sovrinini qo‘lga kiritdi

AQSHda «Gremmi» musiqiy sovrinining turli xil nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblari e’lon qilindi. Yilning eng yaxshi audioyozuvi (record — zapis) deb Billi Aylishning «Everything I Wanted» qo‘shig‘i, eng yaxshi albom deb esa Teylor Sviftning «Folklore» plastinkasi topildi. Qozog‘istonlik didjey Imanbek Zeykenov SAINt JHN’ning «Roses» qo‘shig‘i uchun yaratgan remiksi uchun yilning eng yaxshi remiksi sovrinini qo‘lga kiritdi.

Minneapolis shahri rahbariyati Jorj Floydning oilasiga 27 mln dollar to‘lashga qaror qildi
13 mart 2021, 15:40

Minneapolis shahri rahbariyati Jorj Floydning oilasiga 27 mln dollar to‘lashga qaror qildi

AQSHdagi Minneapolis shahri rahbariyati politsiya tomonidan qo‘lga olinayotganida vafot etgan fuqaro Jorj Floydning oilasiga 27 mln dollar to‘lashga qaror qildi. Ushbu tovon puli Minneapolis shahridagi politsiya xodimlari tomonidan odam o‘ldirilishi uchun to‘langan kompensatsiyalar orasida rekord mablag‘ bo‘ldi.

Jahon yangiliklari dayjesti
12 mart 2021, 21:42

Jahon yangiliklari dayjesti

Turkiya va Misrning diplomatik aloqalarini qayta tiklashi, Yaponiyaning chet eldan kuniga 2 minggacha odam qabul qilishi, IATA’ning bahorda xalqaro parvozlarning tiklanishi bo‘yicha prognozi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Turkiyada 15 martdan boshlab barcha tashrif buyuruvchilar uchun elektron anketalar joriy etiladi
12 mart 2021, 14:49

Turkiyada 15 martdan boshlab barcha tashrif buyuruvchilar uchun elektron anketalar joriy etiladi

2021 yil 15 martdan boshlab Turkiyaga kelishdan 72 soat oldin maxsus elektron so‘rovnomani to‘ldirish kerak bo‘ladi. Yo‘lovchilar to‘ldirilgan so‘rovnomani bosib chiqarishi yoki mobil qurilmaga yuklab olib, jo‘nash aeroportida aviakompaniya xodimiga taqdim etadilar.

BMT bosh kotibi millionlab insonlarning och qolishi mumkinligi haqida ogohlantirdi
12 mart 2021, 12:38

BMT bosh kotibi millionlab insonlarning och qolishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterreshning ma’lum qilishicha, 150 ming kishi ochlik sabab o‘lim xavfi ostida, yana 16 million kishi oziq-ovqat tanqisligi muammosiga duch kelishi mumkin.

Yevropaning bir qator mamlakatlarida AstraZeneca vaksinasini qo‘llash to‘xtatildi
12 mart 2021, 11:44

Yevropaning bir qator mamlakatlarida AstraZeneca vaksinasini qo‘llash to‘xtatildi

Daniya, Norvegiya va Islandiya kabi mamlakatlar ehtiyotkorlik chorasi sifatida AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ydi. Avstriya, Italiya, Estoniya, Latviya, Litva va Lyuksemburg kabi mamlakatlar esa faqat bir partiya ichidagi vaksinalardan foydalanishni to‘xtatdi.

Jahon yangiliklari dayjesti
11 mart 2021, 20:47

Jahon yangiliklari dayjesti

Xitoy Gonkong muxtoriyatini “bir mamlakat — ikki tizim” asosida saqlab qolgani, AQSHda iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 1,9 trln dollarlik dastur qabul qilingani, Daniyada tromboz holatlari tufayli AstraZeneca vaksinasining qo‘llanishi to‘xtatilgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Tomas Bax Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidentligiga qayta saylandi
11 mart 2021, 10:22

Tomas Bax Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidentligiga qayta saylandi

Xalqaro olimpiya qo‘mitasining amaldagi prezidenti Tomas Bax yangi muddatga qayta saylandi. U ushbu lavozimga yagona nomzod bo‘lgan.

Jahon yangiliklari dayjesti
10 mart 2021, 20:24

Jahon yangiliklari dayjesti

Fransiyaning ilk bor kosmosda harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazishi, Tailandda sayyohlarga yaxtalarda karantindan o‘tishga ruxsat berilgani, Moldova prezidenti qarorgohining xarajatlari ikki baravar kamaytirilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
9 mart 2021, 21:46

Jahon yangiliklari dayjesti

AQSHda 12 shtat ma’muriyatining Jo Baydenni iqlim to‘g‘risidagi farmon uchun sudga bergani, Gonkongda 200 ga yaqin davlat xizmatchilarining qasamyod qilishdan bosh tortganlari uchun ishdan bo‘shatilayotgani, Mexiko shahridagi to‘qnashuvda 60 dan ortiq politsiya xodimasining jarohat olgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting