BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh BMT Xavfsizlik kengashi majlisida dunyo bo‘ylab ochlikdan qiynalayotgan insonlarning soni yanada ortishi mumkinligi xaqida ogohlantirdi, deya xabar berdi RIA Novosti.

«2020 yil oxiriga kelib 88 milliondan ortiq inson mamlakatlardagi mojarolar va beqarorlik tufayli chuqur ochlikdan aziyat chekmoqda — bu ko‘rsatkich bir yil ichida 20 foizga o‘sdi. 2021 yilga mo‘ljallangan prognozlar ushbu qo‘rqinchli tendensiyaning davom etishidan dalolat bermoqda», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishlari va COVID-19 pandemiyasi vaziyatni yanada yomonlashtiradi.

«Agar shoshilinch choralar ko‘rilmasa, millionlab odamlar chuqur ochlik va o‘lim chegarasida qolishadi» , — dedi Antoniu Guterresh. Prognozlarga ko‘ra, ochlik darajasi Shimoliy Afrika mamlakatlari, Janubiy Sudan, Yaman va Afg‘onistonda bogan sari kuchaymoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 150 ming kishi ochlik sabab o‘lim xavfi ostida, yana 16 million kishi oziq-ovqat tanqisligi muammosiga duch kelishi mumkin.