AQSHdagi Minneapolis shahri rahbariyati politsiya tomonidan qo‘lga olinayotganida vafot etgan fuqaro Jorj Floydning oilasiga da’voni sudgacha hal qilish uchun 27 mln dollar to‘lashga qaror qildi, deya xabar berdi NBC. Ushbu qaror shahar kengashi tomonidan bir ovozda ma’qullandi.

Ushbu tovon puli Minneapolis shahridagi politsiya xodimlari tomonidan odam o‘ldirilishi uchun to‘langan kompensatsiyalar orasida rekord mablag‘ bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, 25 may kuni Jorj Floydni do‘konda 20 dollarlik soxta chekdan foydalanishda gumon qilinib, politsiya tomonidan qo‘lga olinayotganida vafot etgan. Politsiya hodimi Derek Shovin qasddan odam o‘ldirishda ayblanmoqda.

Floydning o‘limi dastlab AQSHning ko‘plab shaharlarida, keyinchalik boshqa mamlakatlarda irqchilik va politsiya shafqatsizligiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.