Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) rahbari Tomas Bax to‘rt yil muddatga tashkilot prezidenti etib qayta saylandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Saylovlar qo‘mitaning 137- sessiyasida onlayn shaklda o‘tkazildi. Tomas Bax yagona nomzod bo‘lgan. Baxni qayta saylash uchun 93 ta ovoz berilgan, bitta ovoz qarshi bo‘lgan.

Prezident vakolatlari Tokioda 23 iyuldan 8 avgustgacha bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari yakunlanganidan keyin kuchga kiradi.

Qilichbozlik bo‘yicha Olimpiya chempioni, 67 yoshli Tomas Bax 2013 yilda sakkiz yillik muddatga qo‘mita rahbari etib saylangan. Uning yangi prezidentlik muddati 2025 yilda tugaydi.