AQSHning Moderna kompaniyasi 6 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda mRNA-1273 nomli koronavirusga qarshi vaksinasining 2/3 faza sinovlarini boshlagani haqida e’lon qildi, deya xabar бердиРИА Novosti.

Tadqiqotlar davomida vaksinaning 28 kun oralig‘ida yuborilgan ikki dozasi bo‘yicha xavfsizligi, organizmga ta’siri, shuningdek, samaradorligi baholanadi. Sinovlarda AQSH va Kanada bo‘ylab 6750 nafar bolalar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Birinchi bosqichda ikki yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar vaksinaning ikki dozasidan birinchisini (50 yoki 100 mkg), olti oylikdan ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar esa uchta dozada (25, 50 va 100 mkg) olishadi. Keyinchalik, platsebo bilan nazorat qilingan holda tadqiqotning ikkinchi bosqichida qanday dozani qo‘llashni aniqlash bo‘yicha tahlil olib boriladi. Ikkinchi emlashdan so‘ng, tadqiqot ishtirokchilari 12 oy davomida kuzatib boriladi.

Moderna o‘z vaksinasini yosh bolalarda sinovdan o‘tkazayotgan ilk kompaniya bo‘ldi. O‘tgan yilning dekabrida Moderna AQSHda 12 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida COVID-19 vaksinasini sinovdan o‘tkazishni boshlagan edi.