Los-Anjeles shahrida AQSH Milliy san’at va ovoz yozish akademiyasi tomonidan 63-marta «Gremmi» mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir onlayn tarzda o‘tkazildi.

Yilning eng yaxshi audioyozuvi (record — zapis) deb Billi Aylishning «Everything I Wanted» qo‘shig‘i topildi. Billi Aylish, shuningdek, Jeyms Bond haqidagi «O‘lish vaqti emas» nomli film uchun kuylagan «No Time To Die» qo‘shig‘i uchun eng yaxshi saundtrek sovrinini qo‘lga kiritdi.

Eng yaxshi albom esa Teylor Sviftning «Folklore» plastinkasi bo‘ldi. Yilning eng yaxshi qo‘shig‘i sovrinini vafot etgan afroamerikalik fuqaro Floyd Jorj xotirasiga bag‘ishlangan «I Canʼt Breathe» qo‘shig‘i uchun H.E.R. qo‘lga kiritdi.

20 yoshli qozog‘istonlik didjey Imanbek Zeykenov (Imanbek) SAINt JHN’ning «Roses» qo‘shig‘i uchun yaratgan remiksi uchun yilning eng yaxshi remiksi sovrinini qo‘lga kiritdi. U ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan ilk qozog‘istonlik bo‘ldi. Uning remiksi Billboard Hot 100 chartining top-10 ligida ketma-ket 20 hafta turdi. Imanbek — xavaskor bastakor. U musiqa bilan shug‘ullanishni boshlashdan oldin, Pavlodar viloyatida (Aksu) temiryo‘lchi bo‘lib ishlagan, ma’lum qildi Tengri News.

«Gremmi-2021» sovrindorlari:

  • Yilning eng yaxshi audioyozuvi — «Everything I Wanted» (Billie Eilish);
  • Yil qo‘shig‘i — «I Can’t Breathe» (H.E.R);
  • Yil albomi — «Folklore» (Taylor Swift);
  • Eng yaxshi yangi qo‘shiqchi — Megan Thee Stallion;
  • Eng yaxshi yakka pop-ijro — «Watermelon Sugar» (Harry Styles);
  • Eng yaxshi pop-duet yoki guruh ijrosi — «Rain On Me» (Lady Gaga with Ariana Grande);
  • Eng yaxshi an’anaviy vokalli pop-albom — «American Standard» (James Taylor);
  • Eng yaxshi vokalli pop-albom — «Future Nostalgia» (Dua Lipa);
  • Eng yaxshi raqs musiqasi (qo‘shig‘i) — «10%» (Kaytranada feat. Kali Uchis);
  • Eng yaxshi raqs/elektron albom — «Bubba» (Kaytranada);
  • Eng yaxshi zamonaviy instrumental albom — Live At The Royal Albert Hall (Snarky Puppy);
  • Eng yaxshi rok-ijro — «Shameika» (Fiona Apple);
  • Eng yaxshi metal-ijro — «Bum-Rush» (Body Count);
  • Eng yaxshi rok-qo‘shiq — «Stay High» (Brittany Howard);
  • Eng yaxshi rok-albom — «The New Abnormal» (The Strokes);
  • Eng yaxshi alternativ rok albom — «Fetch The Bolt Cutters» (Fiona Apple);
  • Eng yaxshi R&B-ijro — «Black Parade» (Beyoncé);
  • Eng yaxshi an’anaviy R&B-ijro — «Anything For You» (Ledisi);
  • Eng yaxshi R&B-qo‘shiq — «Better Than I Imagined» (Robert Glasper feat. H.E.R. & Meshell Ndegeocello);
  • Zamonaviy shahar musiqasi janridagi yaxshi albom — «YHLQMDLG» (Bad Bunny);
  • Eng yaxshi R&B-albom — «Bigger Love» (John Legend);
  • Eng yaxshi rep-ijro — «Lockdown» (Anderson .Paak);
  • Eng yaxshi rep-/qo‘shiq shaklidagi duet ijro — «Savage» (Megan Thee Stallion feat. Beyoncé);
  • Eng yaxshi rep-qo‘shiq — «Savage» (Megan Thee Stallion feat. Beyoncé);
  • Eng yaxshi rep-albom — «King's Disease» (Nas);
  • Eng yaxshi kantri-qo‘shiq — «Crowded Table» (The Highwomen);
  • Eng yaxshi kantri-albom — «Wildcard» (Miranda Lambert).

Ilk bor «Gremmi» bilan mukofotlash marosimi 1959 yil 4 mayda bo‘lib o‘tgan. Mukofot 30 yo‘nalishda, 84 toifaga bo‘lingan holda taqdim etiladi.