Yevropaning bir qator mamlakatlari AstraZeneca vaksinasini qo‘llashni vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ydi. Bunga sabab ushbu vaksina bilan emlanganlarning bir qismida tromblarning shakllanganligi haqidagi xabarlar bo‘ldi, deya xabar berdi Guardian.

Daniya, Norvegiya va Islandiya kabi mamlakatlarda ehtiyotkorlik chorasi sifatida AstraZeneca vaksinasidan foydalanish vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yildi.

Avstriya, Italiya, Estoniya, Latviya, Litva va Lyuksemburg kabi mamlakatlar esa faqat bir partiya ichidagi (17 ta mamlakatga yuborilgan 1 mln doza) vaksinalardan foydalanishni to‘xtatdi.

Avstriyada emlanishdan so‘ng 49 yashar hamshira vafot etdi. Daniyada ushbu partiyadagi vaksinadan foydalanilgach 60 yoshli ayol vafot etdi va mamlakatdan bu vaksinadan foydalanish ikki hafta muddatda to‘xtatildi.

Yevropa dori-darmonlar bo‘yicha agentligi ushbu holatlar va vaksinatsiya o‘rtasida bog‘liqlik borligi to‘g‘risida hali hech qanday dalil yo‘qligini aytdi. Mamlakatlar hozirda tergov olib borishmoqda.