E-auksion platformasida Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani Ziyolilar ko‘chasidagi yer uchastkasi uchun savdolar yakunlandi. Saytdagi ma’lumotlar bunga guvohlik bermoqda.

Auksion savdolari 6-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi va 10 daqiqadan sal ko‘proq davom etdi. Autsionda ikki kompaniya ishtirok etdi. Ulardan biri — Smart Fast Story — boshlang‘ich bahodan 5 foizga ko‘p — 48,07 mlrd so‘mlik yagona taklifni kiritdi.

Spot ma’lumotlariga ko‘ra, lot birinchi marta 2022-yil noyabrida sotuvga qo‘yilgan. 1 gektarlik maydon Mudofaa vazirligi markaziy harbiy gospitali yonida joylashgan bo‘lib, avvallari mazkur muassasaga tegishli bo‘lgan. Botanika bog‘i, IT-park va Inha universiteti ham yaqin.

e-auksion, smart fast story, аукцион, тошкент

Doimiy binolari bo‘lmagan, lekin barcha infratuzilmasi (kanalizatsiyadan tashqari) mavjud bo‘lgan yer uchastkasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-iyundagi qarori (ommaga ochiq emas) bilan sotuvga qo‘yilgan. Boshlang‘ich bahosi — 45,78 mlrd so‘m.

Korxonalar reyestriga ko‘ra, Smart Fast Story kompaniyasi kim oshdi savdosiga 7 kun qolganda — 2023-yil 29-avgustda Yashanbod tumani, Parkent ko‘chasi, 182-uyda ro‘yxatga olingan bo‘lib, uning asosiy faoliyati noturarjoy binolari qurish, ustav kapitali — 95 mlrd so‘m. Rahbari va asoschisi Muhiddin Usmon o‘g‘li Muhiddinov.

Tahririyat kompaniyaga qo‘ng‘iroq qilganda izoh ololmadi