Toshkent viloyati Toshkent tumanida mamlakat hududiga moslashtirish va seleksiya qilish maqsadida ekilgan qimmatbaho navli noyob yong‘oq daraxtlari nobud qilinayotgani aniqlandi, deya xabar berdi Bosh prokuratura.

Bosh prokuratura, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda O‘zbekkosmos agentligi tomonidan hamkorlikda O‘rmon agentligi huzuridagi Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon ilmiy-tajriba xo‘jaligi (xalq tilidagi “Dendropark”) hududidagi o‘simliklar dunyosi ahvoli aerokosmik tahlil asosida o‘rganilib, yillar kesimida xo‘jalik hududidagi yashillik darajasi qisqarayotganligi aniqlandi.

Shu sababli, prokuratura, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, ilm-fan va jamoatchilik vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzilib, bevosita xo‘jalik hududiga chiqqan holda yuzaga kelgan vaziyat o‘rganilganda, o‘tgan asrning 60 yillaridan boshlab mamlakat hududiga moslashtirish va seleksiya qilish maqsadida ekilgan qimmatbaho navli noyob yong‘oq daraxtlari nobud qilinayotgani ma’lum bo‘ldi.

Xususan, o‘rganishda daraxtlarning parvarishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashilganligi oqibatida 103 tup yong‘oq daraxtining qurib qolishiga olib kelingani, shuningdek 85 tup ko‘p yillik yong‘oq daraxtining kesilib, ildizi bilan qo‘porib olinganligi aniqlandi.

дарахт kesilishi, тошкент

дарахт kesilishi, тошкент

Shu bilan birga, ilmiy-tajriba xo‘jaligi hududida turli fuqarolar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon sohasiga aloqasi bo‘lmagan xo‘jalik faoliyati olib borilayotganligi, ko‘plab kapital qurilishlar amalga oshirilganligi aniqlanib, xo‘jalik hududidagi mazkur qurilishlarning qonuniyligi va aerokosmik tahlil asosida boshqa daraxtlarning kesilishi holatlari tegishli davlat idoralari mutaxassislari ishtirokida to‘liq va har tomonlama o‘rganilishi boshlandi.

Prokuratura o‘rganish natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanishini qayd etdi.