«toshkent» tegli maqolalar


Navoiy ko‘chasining bir qismi ta’mir ishlari uchun yopiladi
16 avgust 2022, 20:39

Navoiy ko‘chasining bir qismi ta’mir ishlari uchun yopiladi

Toshkentdagi Navoiy ko‘chasining Xadra maydonidan Chorsu maydonigacha bo‘lgan qismi 17 avgustdan ta’mir ishlari uchun yopiladi.

Toshkentda qurilayotgan yana bir binoda yong‘in chiqdi
10 avgust 2022, 21:33

Toshkentda qurilayotgan yana bir binoda yong‘in chiqdi

Toshkentning Beshag‘och ko‘chasida qurilayotgan besh qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Alanga taxminan bir soat ichida o‘chirildi.

«Bugungi Toshkent 1994 yilgi Dubaydan zo‘r» — Jahongir Ortiqxo‘jayev
10 avgust 2022, 16:37

«Bugungi Toshkent 1994 yilgi Dubaydan zo‘r» — Jahongir Ortiqxo‘jayev

Toshkent hokimi poytaxtni Dubaydek sayyohlar uchun jozibador maskanga aylantirishni orzu qilishini aytdi. Biroq, u infratuzilmaning jadal rivojlanishi sharoitida yashil maydonlarni saqlab qolish haqidagi savolga tadbir mavzusi turizmni rivojlantirish ekanligini ro‘kach qilib, javob bermadi.

Maktablar oldida ilk bor transport oqimini sokinlashtirish boshlandi
9 avgust 2022, 21:13

Maktablar oldida ilk bor transport oqimini sokinlashtirish boshlandi

Toshkentda ilk bor maktab va bog‘chalar oldida transport oqimini sokinlashtirish dasturi tayyorlanmoqda. Maslahatchilar — Arkadiy Gershman va Aleksandr Devyatkin. Birinchi bosqichda tez va arzon yechimlar: belgilar, ustunchalar, notekisliklar qo‘llaniladi. Loyiha «ko‘plab odamlarning hayotini saqlab qolish mumkin».

Toshkentning Muqimiy ko‘chasidagi yangi qurilayotgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi
9 avgust 2022, 14:24

Toshkentning Muqimiy ko‘chasidagi yangi qurilayotgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi yangi qurilayotgan uyda yong‘in kelib chiqdi. Uni o‘chirishga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. Olov 12:50 da o‘chirildi, binoning 900 kv.m. maydoni zararlangani aytilmoqda.

Toshkentda avtomobil urib yuborishi natijasida piyoda halok bo‘ldi
5 avgust 2022, 16:54

Toshkentda avtomobil urib yuborishi natijasida piyoda halok bo‘ldi

Toshkentning Abdulla Qodiriy ko‘chasida Lacetti avtomobili haydovchisi bir insonni urib yubordi. Piyoda voqea joyida vafot etgan.

Toshkentda maktab o‘quvchisini jinsiy aloqaga majburlagan erkaklar ozodlikka chiqarildi
3 avgust 2022, 15:45

Toshkentda maktab o‘quvchisini jinsiy aloqaga majburlagan erkaklar ozodlikka chiqarildi

Toshkentdagi maktabda 14 yoshli qizni jinsiy aloqaga majburlagan uch erkak shartli ravishda ozod qilindi. 4 yilga qamalgan sobiq jismoniy tarbiya o‘qituvchisi hukmdan 12 oy, uning ikki tanishi esa — yarim yil o‘tgach ozodlikka chiqdi. Qizning onasi esa bir yildan ko‘proq vaqtdan beri adolatga erishishga urinayapti.

Toshkentda yuk avtomobili bilan to‘qnashib ketgan Matiz haydovchisi vafot etdi
31 iyul 2022, 14:56

Toshkentda yuk avtomobili bilan to‘qnashib ketgan Matiz haydovchisi vafot etdi

Toshkentning Bektemir tumanida Matiz va Howo yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.

Samarqanddan Toshkentga 703,9 mln so‘mlik 10 dona oltin qotishmasini olib ketayotgan shaxs ushlandi
25 iyul 2022, 10:03

Samarqanddan Toshkentga 703,9 mln so‘mlik 10 dona oltin qotishmasini olib ketayotgan shaxs ushlandi

Samarqand viloyatidagi «Yuqori nuqta» YPX maskanida Hyundai Elantra haydovchisi yonida umumiy og‘irligi 1,1 kg bo‘lgan 10 dona oltin qotishmasi borligi aniqlandi. Bahosi 703,9 mln so‘mlik oltin Toshkentga olib ketilayotgani ma’lum bo‘ldi. Gumondorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Poytaxtning ayrim hududlarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
22 iyul 2022, 18:20

Poytaxtning ayrim hududlarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

«Qodiriya» bosh suv inshootida yuzaga kelgan elektr ta’minoti bilan bog‘liq nosozlik sababli poytaxtning ayrim hududlarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

Toshkent uchun ikkita «shovqinsiz» tramvay yo‘nalishi ishlab chiqilmoqda
22 iyul 2022, 15:05

Toshkent uchun ikkita «shovqinsiz» tramvay yo‘nalishi ishlab chiqilmoqda

Avgustda Toshkentda zamonaviy «shovqinsiz» tramvayni ishga tushirish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayevning aytishicha, bunda ikkita — TTZ hamda «Ippodrom» dan Shimoliy vokzalgacha bo‘lgan yo‘nalish doirasida takliflar tayyorlangan.

Toshkent hokimi Shota Rustaveli ko‘chasini rekonstruksiya qilishni ma’qulladi
14 iyul 2022, 14:47

Toshkent hokimi Shota Rustaveli ko‘chasini rekonstruksiya qilishni ma’qulladi

Toshkentdagi Shota Rustaveli ko‘chasini obodonlashtirish, drenaj va sug‘orish tizimi, yo‘l bo‘yida piyodalar va velosipedchilar yo‘laklarini barpo etish orqali rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda. Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tegishli qarorni imzoladi.

O‘zbekistonda o‘tkazilishi kutilayotgan ilk xalqaro adabiy festival nega to‘xtatildi?
12 iyul 2022, 20:24

O‘zbekistonda o‘tkazilishi kutilayotgan ilk xalqaro adabiy festival nega to‘xtatildi?

sentabr oyida Toshkent va Buxoroda xalqaro adabiy festival o‘tkazilishi kutilayotgandi. Biroq, tadbir dasturi, ishtirokchilar ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lishiga qaramay, mahalliy hamkor — Yozuvchilar uyushmasi tashkilotchilar safidan chiqdi va festival to‘xtatildi. «Gazeta.uz» Yozuvchilar uyushmasidan izoh ololmadi.

Toshkentda elektr ta’minotidagi uzilishlarga izoh berildi
29 iyun 2022, 19:35

Toshkentda elektr ta’minotidagi uzilishlarga izoh berildi

Toshkentda bir necha kundan beri elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Ayrim hududlarda soatlab tok bo‘lmayapti, svetoforlar ishlamay qolmoqda, suv bosimi pasaygan. Toshkent ETK buni anomal issiqlik va qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun tarmoqlar modernizatsiya qilinayotgani bilan izohladi.

Toshkentda daraxtlar tagiga dizel quyib, quritishga urinishdi
23 iyun 2022, 13:41

Toshkentda daraxtlar tagiga dizel quyib, quritishga urinishdi

Poytaxtning Katta Mirobod mahallasida taxminan 5 ta daraxtni sun’iy ravishda quritish uchun ularning tagiga dizel yoqilg‘isi quyilgani aniqlandi. Davlat ekologiya qo‘mitasi holat yuzasidan surishtiruv olib bormoqda. Bu ishni shu yerda qurilish ishlarini olib borayotgan kompaniya qilgan bo‘lishi mumkin.

$40 ming evaziga AQShga jo‘natishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
21 iyun 2022, 17:48

$40 ming evaziga AQShga jo‘natishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Samarqand va Toshkent shaharlarida fuqarolarni 40 ming dollar evaziga viza rasmiylashtirib berishni va’da qilib, AQShga jo‘natishga uringanlikda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi.

Foto: Yomg‘ir ostida qolgan Toshkent ko‘chalari
20 iyun 2022, 16:35

Foto: Yomg‘ir ostida qolgan Toshkent ko‘chalari

20 iyun kuni Toshkent shahrida yog‘gan qisqa muddatli kuchli yomg‘irlar tufayli poytaxt ko‘chalarini suv bosdi. Yomg‘ir hatto savdo markazlaridagi do‘konlargacha kirib bordi.

Toshkent-Volgograd o‘rtasida poyezd qatnovi 25 iyundan boshlanadi
16 iyun 2022, 11:29

Toshkent-Volgograd o‘rtasida poyezd qatnovi 25 iyundan boshlanadi

25 iyundan boshlab «Toshkent-Volgograd-Toshkent» yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi qatnay boshlaydi. Kupe va platskartdagi joylar uchun chiptalar narxi belgilandi.

«Toshkent — mamlakatdagi eng korrupsiyalashgan hududlardan biri» — Antikorrupsiya agentligi direktori
15 iyun 2022, 19:10

«Toshkent — mamlakatdagi eng korrupsiyalashgan hududlardan biri» — Antikorrupsiya agentligi direktori

Antikorrupsiya agentligi rahbari Toshkent O‘zbekistondagi eng korrupsiyalashgan hududlardan biri ekanini aytdi. Poytaxtda korrupsiyaga oid jinoyatlar soni yil davomida uch barobarga oshgan. Bundan tashqari, internetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqidagi xabarlarning yarmi poytaxt hissasiga to‘g‘ri keladi.

Toshkentda juftlik kaltaklangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
15 iyun 2022, 15:38

Toshkentda juftlik kaltaklangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Prokuratura Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida yigit va qiz kaltaklangan holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Juftlik ularga tuman IIB xodimlari jarohat yetkazganini ta’kidlagandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting