25-sentabr kuni Toshkent shahrining 3 ta tumanidagi ayrim joylarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xabar berdi.

Hududlar ro‘yxati:

  • Chilonzor tumani: “Guliston” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
  • Yakkasaroy tumani: “Qushbegi” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 15:00 gacha;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani: “Alisherobod”, “Zakovat”, “Iqtidor” hamda “Ijodkor” MFYlarining ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 15:00 gacha.

Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin, deyiladi xabarda.