Toshkent shahridagi Yashnobod, Uchtepa va Bektemir tumanlarining ayrim hududlarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi, deya xabar qildi poytaxt hokimligi.

Qayd etilishicha, gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida olib boriladi.

Gaz ta’minoti to‘xtatiladigan hududlar:

Yashnobod tumanida 18-sentabr soat 10:00 dan 18:00 gacha:

  • “Quruvchilar” mahallasida;
  • “Inoqobod”mahallasining Shavkat, Chashma, Charos, Saodat ko‘chalarida
  • “Chinor” mahallasida;
  • 15 ta ulgurji iste’molchilarda.

Uchtepa tumanida 18-sentabr soat 11:00 dan 16:00 gacha:

  • “Foziltepa” mahallasida;
  • 8 ta ulgurji iste’molchilarda.

Bektemir tumanida 19-sentabr kuni 9:00 dan 19:00:

  • “Iyk ota” mahallasida;
  • 62 ta ulgurji iste’molchilarda.