Toshkent shahri Shayxontohur tumanida 1 ta MCHJ 3 mlrd 838 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilshicha, “R.T.” MCHJga qarashli korxonaning 2 ta bug‘ qozoni gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan, oqibatda 5 mln 816 ming 592 metr kub gaz o‘g‘irlangan. Bu 29 mingdan ziyod xonadonning bir oylik iste’molini tashkil etadi.
Shu bilan birga, iste’molchining bugungi kun holatida elektr energiyasidan 3 mlrd 59 mln 281 ming so‘m qarzdorligi mavjudligi sababli elektr tarmog‘idan ajratildi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Aniqlangan holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi, deyiladi xabarda.