«tayinlov» tegli maqolalar


Surxondaryo viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi
31 yanvar 2024, 13:36

Surxondaryo viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi

Polkovnik Timur Ismailov Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Boshqarmaning avvalgi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismailov esa Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi.

Qashqadaryo viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi
30 yanvar 2024, 12:43

Qashqadaryo viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi

Abduvoxid Ismoilov Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga boshliq etib tayinlandi. U bungacha Surxondaryo viloyati IIB rahbari bo‘lib ishlagan.

Chinoz hokimi Toshkent viloyati hokimi birinchi o‘rinbosari v.b. bo‘ldi
29 yanvar 2024, 17:54

Chinoz hokimi Toshkent viloyati hokimi birinchi o‘rinbosari v.b. bo‘ldi

2021-yilning yanvaridan Chinoz tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Botir Alimbekov Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi bo‘ldi.

Adiz Boboyev Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi
29 yanvar 2024, 10:52

Adiz Boboyev Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi

Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Adiz Boboyev Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi. Mehriddin Abdullayev esa raisning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

Bo‘ka tumaniga yangi hokim tayinlandi
16 yanvar 2024, 17:48

Bo‘ka tumaniga yangi hokim tayinlandi

Baxtiyor Begmatov Bo‘ka tuman hokimi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Toshkent viloyati Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgandi.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Yaxyojon Abdulxakov lavozimidan bo‘shatildi
12 yanvar 2024, 17:15

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Yaxyojon Abdulxakov lavozimidan bo‘shatildi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Tergov departamenti rahbari Yaxyojon Abdulxakov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Sudyalar oliy kengashi 31 ta tayinlovni amalga oshirdi
9 yanvar 2024, 17:48

Sudyalar oliy kengashi 31 ta tayinlovni amalga oshirdi

Sudyalar oliy kengashining 2024-yildagi birinchi yig‘ilishida 31 nafar sudya lavozimga tayinlandi.

O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasiga yangi rahbar tayinlandi
3 yanvar 2024, 17:47

O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasiga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsuli etib Sherzod Abdunazarov tayinlandi. Avvalroq bu lavozimda ishlagan Amirsaid A’zamxo‘jayev O‘zbekistonning Polshadagi elchisi etib tayinlangandi.

Chortoq tumaniga yangi hokim tayinlandi
30 dekabr 2023, 14:21

Chortoq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Namangan viloyati Chortoq tumaniga Ilhomjon Sattarov hokim etib tayinlandi. Tumanning avvalgi hokimi Anvarjon Otaxodjayev Namangan shahriga hokim etib tayinlangandi.

Bekobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
28 dekabr 2023, 12:14

Bekobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Shuhrat Do‘sbekov Toshkent viloyatining Bekobod tumaniga hokim etib tayinlandi. U bu lavozimda 4 oy ishlagan va mablag‘larni o‘zlashtirganlikda gumonlanib ushlangan Shuhrat Mirzayevning o‘rnini egalladi.

Nozimaxon Davletova Prezident administratsiyasidagi boshqarma boshlig‘i etib tayinlandi
23 dekabr 2023, 15:10

Nozimaxon Davletova Prezident administratsiyasidagi boshqarma boshlig‘i etib tayinlandi

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Nozimaxon Davletova Prezident administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti Tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni axborot-tahliliy ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Jahongir Ahmedov Prezident administratsiyasida ish boshladi
23 dekabr 2023, 14:03

Jahongir Ahmedov Prezident administratsiyasida ish boshladi

Davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti hamda “Ezgu-film” kinostudiyasi bosh rejissyori Jahongir Ahmedov Prezident administratsiyasi ijodiy tashkilotlar va kinematografiya sohasini rivojlantirish sho‘’basi yetakchi inspektori lavozimiga tayinlandi.

Namangan shahriga yangi hokim tayinlandi
18 dekabr 2023, 14:34

Namangan shahriga yangi hokim tayinlandi

Namangan shahriga Anvarjon Otaxodjayev yangi hokim bo‘ldi. Shuningdek, viloyat hokimiga ikki o‘rinbosar tayinlandi.

Farrux Tursunov O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi bo‘ldi
7 dekabr 2023, 16:03

Farrux Tursunov O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi bo‘ldi

Farrux Tursunov O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi bo‘ldi. U shu paytga qadar TIV boshqarmasi va departamentini boshqarib kelayotgandi.

G‘ayrat Fozilov O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi bo‘ldi
6 dekabr 2023, 10:11

G‘ayrat Fozilov O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi bo‘ldi

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi bo‘ldi. U 2017-yildan buyon Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburgdagi elchi bo‘lib ishlagan Dilyor Hakimov o‘rnini egalladi.

Paxtaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
30 noyabr 2023, 10:50

Paxtaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Shoyadbek Babayev Andijonning Paxtaobod tumaniga hokimi etib tayinlandi. U bungacha Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan.

Shahrisabz shahriga yangi hokim tayinlandi
28 noyabr 2023, 10:23

Shahrisabz shahriga yangi hokim tayinlandi

Sherzod Bo‘riyev Shahrisabz shahriga hokim etib tayinlandi. U bunga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Musulmonlar idorasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
24 noyabr 2023, 09:10

Musulmonlar idorasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent islom instituti rektori, siyosiy fanlar doktori Muhammadolim Muhammadsiddiqov Musulmonlar idorasi raisining yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Yangi lavozimda u egallab turgan vazifasidan ajralmagan holda faoliyat boshlaydi.

Qo‘shko‘pir, Tuproqqal’a va Shovot tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi
7 noyabr 2023, 14:17

Qo‘shko‘pir, Tuproqqal’a va Shovot tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumaniga Shuhrat Axmedov, Tuproqqal’a tumaniga Akmal Jimalyazov va Shovot tumaniga Oybek Xolboyev hokim etib tayinlandi.

Navoiy viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
7 noyabr 2023, 11:53

Navoiy viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Adliya katta maslahatchisi Azamat Mirzayev Navoiy viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Sobiq viloyat prokurori Baxtiyor Ahmedov Bosh prokuratura boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting