O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq Аҳмедов Jahongir Odilxo‘jayevich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi ijodiy tashkilotlar va kinematografiya sohasini rivojlantirish sho‘’basi yetakchi inspektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Jahongir Ahmedov 1983-yil 4-fevralda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. U 2002-yildan 2008-yilgacha O‘zbekiston davlat madaniyat va san’at institutida tahsil olgan, bakalavriat va magistratura darajasini rejissyorlik bo‘yicha tamomlagan.

Ushbu tayinlovga qadar O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti hamda “Ezgu-film” kinostudiyasi bosh rejissyori lavozimlarida ishlab kelgan.

U rejissyor sifatida “Islomxo‘ja”, “Ilhaq” kabi tarixiy filmlarni suratga olgan.