28-dekabr kuni xalq deputatlari Bekobod tumani kengashining qarori bilan Shuhrat Begimqulovich Do‘sbekov tuman hokimi etib tayinlandi, deya xabar bermoqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Shuhrat Do‘sbekov 1980-yilda Toshkent viloyati Piskent tumanida tug‘ilgan. 2008-yil Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

U faoliyati davomida Toshkent viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i, Bekobod tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Toshkent viloyati kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Do‘sbekov bu lavozimda 4 oy ishlagan Shuhrat Mirzayevning o‘rnini egalladi. U avvalroq huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olingandi. Sobiq hokim mablag‘larni o‘zlashtirganlikda gumon qilinmoqda. Unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.