7-noyabr kuni Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir va Shovot tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Xalq deputatlari Shovot tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Oybek Madaminovich Xolboyev Shovot tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

тайинлов, хоразм, шовот tumani, қўшкўпир tumani, ҳоким

Oybek Xolboyev 1974-yil 15-sentabrda Xorazm viloyati Shovot tumanida tug‘ilgan. 1996-yilda Urganch davlat universitetini tamomlagan.

2014-yilda Shovot tumani hokimi vazifasini bajaruvchisi, 2014−2017-yillarda tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, 2017−2018-yillarda Xorazm viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i, 2018−2019-yillarda Bog‘ot tumani hokimi vazifasini bajaruvchi, so‘ngra hokimi bo‘lib ishlagan.

Tayinlovga qadar u 2019-yildan buyon Urganch shahri hokimi bo‘lgan.

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida esa Shuhrat Kurvondurdiyevich Axmedov Qo‘shko‘pir tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

тайинлов, хоразм, шовот tumani, қўшкўпир tumani, ҳоким

Shuhrat Axmedov 2023-yilning aprel oyidan buyon Tuproqqal’a tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Uning o‘rnini Akmal Ortiqovich Jimalyazov egalladi. Akmal Jimalyazov tayinlovga qadar viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

тайинлов, хоразм, шовот tumani, қўшкўпир tumani, ҳоким