O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Tergov departamenti rahbari Yaxyojon Abdulxakov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan olindi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

U ushbu lavozimga 2021-yil fevral oyida tayinlangandi. Ungacha Abdulxakov 2019-yilning noyabridan buyon Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.