Polkovnik Timur Kamalatdinovich Ismailov Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligida ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov hamda viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Timur Ismailov 1983-yil Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida tug‘ilgan. 2019-yil mayidan IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshlagan. Tayinlovga qadar Ichki ishlar vazirligi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, viloyat Ichki ishlar boshqarmasining avvalgi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismailov Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi.