Polkovnik Abduvoxid Salomovich Ismoilov Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

U mazkur lavozimda 2019-yilning oktabridan buyon ishlab kelayotgan Shuhratjon Satvoldiyev o‘rnini egalladi.

Abduvoxid Ismoilov 1965-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. U bugungacha Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi. Shuningdek, u IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan.