7-dekabr kuni O‘zbekistonning Ispaniyadagi yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Farrux Tursunov Madrid shahriga bordi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Diplomat 1973-yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.

Farrux Tursunov Tashqi ishlar vazirligi tizimida 1994-yildan buyon turli lavozimlarda ishlagan, jumladan, attashedan tortib to departament direktori lavozimida faoliyat olib borgan. Shuningdek, prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashida, Qozog‘iston (2008−2012-yillar) va Yaponiyadagi (2012−2017-yillar) elchixonalarga rahbarlik qilgan.

Tayinlovga qadar u 2018-yildan buyon TIVning Strategik tahlil va prognozlash bosh boshqarmasi, shuningdek, Yig‘ma axborot-tahlil departamentini boshqarib kelayotgandi.

U Madriddagi diplomatik missiyaga 2017-yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Jahongir G‘aniyev o‘rniga tayinlandi.