Adiz Muzaffarovich Boboyev Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan selektorda ma’lum qilindi.

Adiz Boboyev Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Palata raisi o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan Mehriddin Razzoqovich Abdullayev palata raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Adiz Boboyev (1972-yilda tug‘ilgan) Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan (1993). Buxoro viloyati moliya boshqarmasida 1-toifali iqtisodchi, monopoliyaga qarshi va narx siyosati bo‘limi yetakchi iqtisodchisi bo‘lib, shuningdek, boshqa lavozimlarda ishlagan (1993−2007). Shuningdek, Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi Ijroiya boshqarmasi daromadlarni prognozlash boshqarmasi boshlig‘i (2008−2010), Davlat budjeti bosh boshqarmasining jamlanma budjet daromadlarini rejalashtirish va tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari (2010−2012) va Moliya vazirligi tuzilmasidagi boshqa lavozimlarda ishlagan.