Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Azamat Egamberdiyevich Mirzayev Navoiy viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda idora matbuot xizmati.

U 2020-yilning noyabr oyidan buyon mazkur lavozimda ishlab kelgan Baxtiyor Ahmedovning o‘rnini egalladi. U esa Bosh prokuraturaning Ijtimoiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Azamat Mirzayev tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.