28-noyabr kuni xalq deputatlari Shahrisabz shahri kengashining navbatdan tashqari sessiyasida deputatlar Sherzod Axadovich Bo‘riyevни shahar hokimi lavozimiga tasdiqladi, deya xabar bermoqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Sherzod Bo‘riyev 1982-yilda Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. U Qarshi davlat universiteti va Prezident huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan.

Tayinlovga qadar u Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

27-oktabrdan buyon shahar hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Akamurod Uzoqov Shahrisabz shahri hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgandi.

2020-yil noyabr oyidan buyon Shahrisabz shahri hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Akrom Sulaymonov esa Dehqonobod tumani hokimi bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyevning 24−25-oktabr kunlari amalga oshirgan tashrifidan so‘ng Qashqadaryo viloyatining Qarshi, Muborak va Nishon tumanlariga yangi hokimlar tayinlangandi.