Sherzod Abdunazarov O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasiga rahbar etib tayinlandi, deya xabar qildi “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Sherzod Abdunazarov 1982-yilda tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Tahlil va prognozlash oliy maktabini tamomlagan.

2007-yildan buyon u Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) va Tashqi ishlar vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlab kelgan. Tayinlovga qadar ushbu bosh konsullikda 1-kotib lavozimida ishlab kelayotgandi.

Istanbuldagi bosh konsullikka 2020−2023-yillarda rahbarlik qilib kelgan Amirsaid A’zamxo‘jayev 2023-yilning noyabrida O‘zbekistonning Polshadagi elchisi etib tayinlangandi.

O‘zbekistonning mazkur bosh konsulligi okrugi tarkibiga Turkiyaning Istanbul shahri, Oydin, Balikesir, Bilejik, Bursa, Izmir, Kojayeli, Kirklareli, Manisa, Bodrum, Sakarya, Tekirdag‘ viloyatlari, shuningdek, Bolgariya, Kipr va Ruminiya kiradi.