«surxondaryo» tegli maqolalar


OTB O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarini ta’mirlash uchun $273,8 mln ajratadi
23 fevral 2022, 10:58

OTB O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarini ta’mirlash uchun $273,8 mln ajratadi

OTB O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish va yangilash uchun 273,8 mln dollar kredit ajratishni ma’qulladi. Mablag‘lar Surxondaryodagi Darband — Denov yo‘lining 106 kmni yangilash, SARES-2 koridoriga kiruvchi G‘uzor — Buxoro — Nukus — Beyneu yo‘lining 87 kmni rekonstruksiya qilishga sarflanadi. Qolaversa, bank tadbirkor ayollar uchun 150 ming dollarlik grant ham beradi.

Surxondaryoda kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi
10 yanvar 2022, 08:48

Surxondaryoda kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi

Surxondaryoning Boysun tumanida kechasi kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi. Bu va boshqa hududlarda yer osti silkinishlari kuchi 2 dan 3 ballgachani tashkil etdi.

Samarqand va Surxondaryoda noqonuniy yer sotishga uringan shaxslar ushlandi
24 dekabr 2021, 13:04

Samarqand va Surxondaryoda noqonuniy yer sotishga uringan shaxslar ushlandi

Samarqandda o‘zganing fermer xo‘jaligi yeridan 10 gektarni sotmoqchi bo‘lgan ayol, Surxondaryoda esa uy qurish uchun fermer xo‘jalik yerini sotishga uringan fuqaro qo‘lga olindi. Ularga nisbatan firibgarlik moddasi bilan jinoyat ishi ochildi.

Surxondaryoda Lacetti`dagi gaz balloni yorildi
3 oktabr 2021, 11:10

Surxondaryoda Lacetti`dagi gaz balloni yorildi

Shanba kuni Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida Lacetti avtomobiliga o‘rnatilgan gaz balloni yorildi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Sho‘rchi tumani hokimi soxta hujjat asosida qurilish uchun yer ajratgan, natijada 160 tupdan ortiq tut daraxti kesib tashlandi
15 sentabr 2021, 13:23

Sho‘rchi tumani hokimi soxta hujjat asosida qurilish uchun yer ajratgan, natijada 160 tupdan ortiq tut daraxti kesib tashlandi

Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida 160 tupdan oshiq tut daraxti kesib tashlangan va tutzor bog‘ o‘rnida qurilish boshlangan. O‘rganishlarga ko‘ra, tuman hokimligi soxta hujjatga asoslanib, ushbu hududni avtobus bekati va shahobcha qurish uchun ajratish bo‘yicha qaror chiqargan. Hozirda qurilish to‘liq to‘xtatilgan.

Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm hokimlari Olimpiya va Paralimpiya sovrindorlarini mukofotladi
15 sentabr 2021, 11:28

Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm hokimlari Olimpiya va Paralimpiya sovrindorlarini mukofotladi

Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari rahbarlari Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan sportchilarni avtomashina va uy bilan mukofotladi. Avvalroq, sportchilarga prezident sovg‘asi ham topshirilgan edi.

O‘zbekiston Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari Afg‘oniston bilan chegarada o‘quv yig‘ini o‘tkazmoqda
7 sentabr 2021, 16:57

O‘zbekiston Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari Afg‘oniston bilan chegarada o‘quv yig‘ini o‘tkazmoqda

O‘zbekiston Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari Afg‘oniston bilan chegara hududda joylashgan «Termiz» dala o‘quv maydonida o‘quv yig‘inini o‘tkazmoqda.

Surxondaryoda Damas yuk mashinasiga borib urilishi oqibatida haydovchining o‘g‘li vafot etdi
2 sentabr 2021, 14:27

Surxondaryoda Damas yuk mashinasiga borib urilishi oqibatida haydovchining o‘g‘li vafot etdi

Surxondaryo viloyatida Damas yuk mashinasiga borib urilishi oqibatida yengil avtomobil haydovchisining o‘g‘li vafot etdi. Viloyatda sodir bo‘lgan boshqa bir holatda notekis yo‘lda harakatlanayotgan Jiguli mashinasi Cobalt bilan to‘qnashdi, oqibatda bir kishi olamdan o‘tdi.

Surxondaryoda tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlikni ta’minlash uchun 200 mln dollar ajratiladi
24 avgust 2021, 12:12

Surxondaryoda tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlikni ta’minlash uchun 200 mln dollar ajratiladi

Surxondaryo viloyatida kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rag‘batlantirish, aholi bandligini ta’minlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 150 mln dollar mablag‘ ajratiladi. Shuningdek, xalqaro moliya institutlaridan jalb qilinayotgan qarz mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha 50 mln dollar hududda issiqxona xo‘jaligini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

DXX tomonidan hududlarda qariyb 4 kg opiy va 10 kg gashish aylanmasi to‘xtatib qolindi
18 avgust 2021, 13:10

DXX tomonidan hududlarda qariyb 4 kg opiy va 10 kg gashish aylanmasi to‘xtatib qolindi

DXX tomonidan Surxondaryo viloyati va Farg‘ona vodiysidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida 3,8 kg opiy va 9,7 kg gashish giyohvandlik moddalarining aylanmasiga chek qo‘yildi.

Surxondaryoda Afg‘oniston harbiy samolyoti qulab tushgani tasdiqlandi
16 avgust 2021, 17:21

Surxondaryoda Afg‘oniston harbiy samolyoti qulab tushgani tasdiqlandi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Afg‘oniston havo kuchlariga tegishli samolyotning Surxondaryoda qulab tushganini tasdiqladi. «Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga urinishning oldi olingan», — deya qayd etdi vazirlik. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Surxondaryoda Afg‘onistonning farqlash belgilari bo‘lgan samolyot qulab tushdi
16 avgust 2021, 12:57

Surxondaryoda Afg‘onistonning farqlash belgilari bo‘lgan samolyot qulab tushdi

Xabarlarga ko‘ra, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida Afg‘oniston farqlash belgilari bo‘lgan samolyot qulab tushdi. Hozircha rasmiy izohlar bo‘lmadi.

Surxondaryoda 5 nafar yigit IIB xodimlarini kaltakladi
2 avgust 2021, 15:10

Surxondaryoda 5 nafar yigit IIB xodimlarini kaltakladi

Surhondaryoda voyaga yetmagan bolani do‘pposlayotgan besh nafar yigitni ogohlantirgan IIB xodimlari kaltaklandi. Ichki ishlar organlari xodimlarga qarshilik ko‘rsatgani va yengil tan jarohati yetkazgani uchun ularga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Rossiyalik harbiylar Surxondaryodagi mashg‘ulotlarga yetib keldi
30 iyul 2021, 21:26

Rossiyalik harbiylar Surxondaryodagi mashg‘ulotlarga yetib keldi

Rossiya harbiy xizmatchilari shartli dushman bazalarini qidirib topish va yo‘q qilish bo‘yicha qo‘shma o‘quvlarda ishtirok etish uchun Surxondaryoga yetib keldi.

Surxondaryoda profilaktika inspektori yordamchilari fuqaroni urib, uning o‘limiga sabab bo‘ldi
29 iyul 2021, 20:37

Surxondaryoda profilaktika inspektori yordamchilari fuqaroni urib, uning o‘limiga sabab bo‘ldi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida ikki nafar IIO FMB profilaktika inspektori yordamchilari fuqaroni bir necha bor urib, tan jarohati yetkazgan. Oqibatda fuqaro shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 2 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Surxondaryoda kuchli yomg‘irlar sel kelishiga olib keldi
7 may 2021, 11:25

Surxondaryoda kuchli yomg‘irlar sel kelishiga olib keldi

6 may kuni Surxondaryo viloyatining Sherobod va Qumqo‘rg‘on tumanlarida yoqqan kuchli yomg‘ir oqibatida hosil bo‘lgan sel oqimlari 340 ta aholi xonadonlari va tomorqasiga kirgan.

Surxondaryoda AYOQSHdagi yong‘in natijasida payvandchi vafot etdi
6 may 2021, 11:41

Surxondaryoda AYOQSHdagi yong‘in natijasida payvandchi vafot etdi

Surxondaryoda AYOQSHda yong‘in kelib chiqishi natijasida payvandchi shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etdi.

Surxondaryoda sobiq IIB xodimi o‘z joniga qasd qildi
5 may 2021, 17:57

Surxondaryoda sobiq IIB xodimi o‘z joniga qasd qildi

Surxondaryoda IIB boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan, pensiyadagi podpolkovnik Rustam Sirojiddonov o‘z joniga qasd qildi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
20 aprel 2021, 10:48

Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Ilhom Saparov Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Surxondaryoda YPX xodimi avariya sodir etdi
20 mart 2021, 09:40

Surxondaryoda YPX xodimi avariya sodir etdi

Surxondaryoning Bandixon tumanida YPX inspektori «Lasetti» rusumli maxsus xizmat avtomobili boshqaruvini yo‘qotib, YTH sodir etdi. Hodisadan hech kim jabrlanmadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting