Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryodagi issiqlik elektr stansiyasi qurilishini boshlab berdi. Quvvati 1,56 GVt va umumiy qiymati 1,2 mlrd dollar bo‘lgan IES oxirgi yillarda mamlakatda quriladigan eng yirik issiqlik elektr stansiyasi bo‘ladi. Loyiha Germaniyaning Siemens Energy, Fransiyaning YeDF va Niderlandiyaning Stone City Energy kompaniyalari tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi.
DXX Surxondaryo, Qashqadaryo, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida 6,4 kg giyohvandlik vositalari, shuningdek, 2160 flakonda «Tropikamid» dorisi aylanmasini to‘xtatib qoldi. Surxondaryodagi holatda fuqaro Tojikistondan O‘zbekistonga 5,5 kg «opiy» moddasini chegarani noqonuniy kesib, olib o‘tganida ushlangani aytilmoqda. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
OTB O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish va yangilash uchun 273,8 mln dollar kredit ajratishni ma’qulladi. Mablag‘lar Surxondaryodagi Darband — Denov yo‘lining 106 kmni yangilash, SARES-2 koridoriga kiruvchi G‘uzor — Buxoro — Nukus — Beyneu yo‘lining 87 kmni rekonstruksiya qilishga sarflanadi. Qolaversa, bank tadbirkor ayollar uchun 150 ming dollarlik grant ham beradi.
Surxondaryoning Boysun tumanida kechasi kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi. Bu va boshqa hududlarda yer osti silkinishlari kuchi 2 dan 3 ballgachani tashkil etdi.
Samarqandda o‘zganing fermer xo‘jaligi yeridan 10 gektarni sotmoqchi bo‘lgan ayol, Surxondaryoda esa uy qurish uchun fermer xo‘jalik yerini sotishga uringan fuqaro qo‘lga olindi. Ularga nisbatan firibgarlik moddasi bilan jinoyat ishi ochildi.
Shanba kuni Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida Lacetti avtomobiliga o‘rnatilgan gaz balloni yorildi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida 160 tupdan oshiq tut daraxti kesib tashlangan va tutzor bog‘ o‘rnida qurilish boshlangan. O‘rganishlarga ko‘ra, tuman hokimligi soxta hujjatga asoslanib, ushbu hududni avtobus bekati va shahobcha qurish uchun ajratish bo‘yicha qaror chiqargan. Hozirda qurilish to‘liq to‘xtatilgan.
Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari rahbarlari Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan sportchilarni avtomashina va uy bilan mukofotladi. Avvalroq, sportchilarga prezident sovg‘asi ham topshirilgan edi.
O‘zbekiston Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari Afg‘oniston bilan chegara hududda joylashgan «Termiz» dala o‘quv maydonida o‘quv yig‘inini o‘tkazmoqda.
Surxondaryo viloyatida Damas yuk mashinasiga borib urilishi oqibatida yengil avtomobil haydovchisining o‘g‘li vafot etdi. Viloyatda sodir bo‘lgan boshqa bir holatda notekis yo‘lda harakatlanayotgan Jiguli mashinasi Cobalt bilan to‘qnashdi, oqibatda bir kishi olamdan o‘tdi.
Surxondaryo viloyatida kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rag‘batlantirish, aholi bandligini ta’minlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 150 mln dollar mablag‘ ajratiladi. Shuningdek, xalqaro moliya institutlaridan jalb qilinayotgan qarz mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha 50 mln dollar hududda issiqxona xo‘jaligini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
DXX tomonidan Surxondaryo viloyati va Farg‘ona vodiysidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida 3,8 kg opiy va 9,7 kg gashish giyohvandlik moddalarining aylanmasiga chek qo‘yildi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Afg‘oniston havo kuchlariga tegishli samolyotning Surxondaryoda qulab tushganini tasdiqladi. «Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga urinishning oldi olingan», — deya qayd etdi vazirlik. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida Afg‘oniston farqlash belgilari bo‘lgan samolyot qulab tushdi. Hozircha rasmiy izohlar bo‘lmadi.
Surhondaryoda voyaga yetmagan bolani do‘pposlayotgan besh nafar yigitni ogohlantirgan IIB xodimlari kaltaklandi. Ichki ishlar organlari xodimlarga qarshilik ko‘rsatgani va yengil tan jarohati yetkazgani uchun ularga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Rossiya harbiy xizmatchilari shartli dushman bazalarini qidirib topish va yo‘q qilish bo‘yicha qo‘shma o‘quvlarda ishtirok etish uchun Surxondaryoga yetib keldi.
Surxondaryo viloyati Denov tumanida ikki nafar IIO FMB profilaktika inspektori yordamchilari fuqaroni bir necha bor urib, tan jarohati yetkazgan. Oqibatda fuqaro shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 2 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
6 may kuni Surxondaryo viloyatining Sherobod va Qumqo‘rg‘on tumanlarida yoqqan kuchli yomg‘ir oqibatida hosil bo‘lgan sel oqimlari 340 ta aholi xonadonlari va tomorqasiga kirgan.
Surxondaryoda AYOQSHda yong‘in kelib chiqishi natijasida payvandchi shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etdi.
Surxondaryoda IIB boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan, pensiyadagi podpolkovnik Rustam Sirojiddonov o‘z joniga qasd qildi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting