Uzun tumanida 31 iyul kuni soat 22:30 larda viloyatning Sariosiyo tumanida 5 nafar fuqaro A.O., Sh. D., B. Sh., N. A. va R. Sh. tumandagi O‘zbekiston mahallasida joylashgan chorraha yonida voyaga yetmagan R. S. ni hech bir sababsiz urib-do‘pposlagan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati хабариgа ko‘ra, yaqin o‘rtada jamoat tartibini saqlash uchun xizmatga jalb qilingan tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari ularni bir necha bor ogohlantirgan.

Shunga qaramasdan, ular ichki ishlar xodimi S. M. hamda S. Q. larga faol qarshilik ko‘rsatib, ularga qasddan tan jarohati yetkazishgan.

Sudga oid tibbiyot ekspertiza xulosasiga ko‘ra, xodim S. M. ning badanida tan jarohati og‘irlik darajasiga ko‘ra «sog‘ligining buzilishiga sababchi bo‘lgan yengil» tan jarohatlari, shuningdek, xodim S. Q. hamda voyaga yetmagan R. S. ning badanida «yengil» tan jarohatlari ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar A.O., Sh. D., B. Sh., N. A., R. Sh. larga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi (bezorilik jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatib sodir etilgan bo‘lsa) bilan ish qo‘zg‘atildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ularga 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi xavf solmoqda.