Surxondaryo viloyatida AYOQSHdagi yong‘in natijasida payvandchi vafot etdi, deya xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati.
Hodisa 4 may kuni soat 09:30 da Sho‘rchi tumani “Ozod” mahallasi hududida joylashgan MCHJga qarashli qurilishi tugallanmagan AYOQSH binosida sodir bo‘lgan. Mazkur binoda payvandlash ishlarini olib borayotgan 52 yoshli A.A. shaxobcha hovlisida joylashgan 20−25 tonnalik benzin va dizel yoqilg‘isini saqlash uchun mo‘ljallangan sisterna ustiga bir o‘zi payvandlash uskunasini olib chiqqan. U payvandlash ishlarini boshlagan vaqtida sisterna ichida yig‘ilib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lganligi natijasida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in oqibatida A.A. “butun tanasining 90−95% termik kuyishi” tashxisi bilan tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Holat yuzasidan Sho‘rchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan MCHJ rahbari 45 yoshli I.N. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarining buzilishi oqibatida odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.