Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifi vaqti aholining yo‘llar bo‘yicha e’tirozlari tasdig‘ini «o‘z ko‘zi bilan ko‘rish» maqsadida ta’mirtalab yo‘lda mashina haydadi. Prezident rulda o‘tirgan holda ommaga birinchi marta ko‘rinish berayotgani yo‘q.
O‘zbekiston prezidenti Surxondaryodagi Boysun-Denov yo‘nalishi bo‘ylab yo‘l sifati yuzasidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olib, sifatsiz yo‘lda Malibu haydadi. Shavkat Mirziyoyev bu yo‘llarda harakat qilib bo‘lmasligini ta’kidladi.
Prezident Surxondaryoga o‘tgan yig‘ilishda viloyatga ijtimoiy muammolarni hal qilishga davlat dasturlarida ko‘zda tutilgan 1,5 trln so‘mga qo‘shimcha ravishda 465 mlrd so‘m ajratilishini ma’lum qilindi. Shuningdek, agrar soha, ichimlik suvi va tadbirkorlik loyihalariga qo‘shimcha 328 mln dollar jalb qilinadi.
2022 yil dekabrdan beri Surxondaryo viloyatini vaqtincha boshqarib kelayotgan Ulug‘bek Qosimov viloyat hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Shavkat Mirziyoyev «katta davlatlar» O‘zbekistondan qaror qabul qilib, taraf tanlashni so‘rayotgani haqida gapirdi. Gap Rossiyaning Ukrainaga qarshi mojarosi haqida ketmoqda. «Bir tomonman. Millatim, xalqim, buyuk O‘zbekistonimning manfaati uchun o‘lishga ham tayyorman, deb javob beraman», — dedi prezident.
13 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyuradi. Davlat rahbari xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ishtirok etadi, sanoat va qishloq xo‘jaligi bilan tanishadi, harbiy maskanlarda ham bo‘ladi.
Surxon davlat qo‘riqxonasida «Qizil kitob»ga kiritilgan morxo‘r otib o‘ldirildi. Oqibatda yovvoyi hayvonot dunyosiga 180 mln so‘m zarar yetdi. Uni ovlaganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Denov tumanida fuqaro ariq qazish chog‘ida sopol xum topib oldi. Olimlar uning I-II asrlarga tegishli ekanini aniqladi.
Jarqo‘rg‘on tumanidan oqib o‘tuvchi Zang kanaliga yuk mashinasi tushib ketdi. Mashina FVBning yong‘in qutqaruv otiryadi yordamida chiqarib olindi.
Termiz tumanida Obodonlashtirish boshqarmasi istirohat bog‘idagi 1 tup daraxtni kesgani uchun boshqarma bosh muhandisi 3 mln so‘m jarimaga tortildi. Buning ortidan o‘simlik dunyosiga qariyb 5 mln so‘m zarar yetdi. Yana bir fuqaro saksovul kesib, o‘simlik dunyosiga 3,1 mln so‘m zarar yetkazdi.
Qiziriq tumanidagi xo‘jalikda o‘suvchanligini yo‘qotmagan 4 tup katta yoshli chinor kesib ketildi. Oqibatda o‘simlik dunyosiga 216 mln so‘m zarar yetkazildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish prokuraturaga yuborildi.
Angor tumanida yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, «Tez yordam» mashinasi bilan to‘qnashgan 22 yoshli Spark haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi. Yana bir shu yoshdagi yo‘lovchi esa og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketildi.
Qo‘mqo‘rg‘on tumanida maktab o‘qituvchisining kartasidan 1,5 mln so‘m yechib olgan hamkasbi uni «1xBet» onlayn qimori uchun ishlatib yuborgani gumon qilinmoqda. Agar uning aybi tasdiqlansa, 15 mln so‘m jarimaga tortilishi yoki 3 yilgacha qamalishi mumkin.
Angor tumaniga Qosim Mardonov, Termiz tumaniga Shuxrat Nazarov, Jarqo‘rg‘on tumaniga Elmurod Avazov, Muzrabot tumaniga Abdurashid Ismailov, Sho‘rchi tumaniga Ulug‘bek Zokirov va Sariosiyo tumaniga Abduqodir Donayev hokim etib tayinlandi.
TerDU akademik litseyi qozonxonasi portladi. 2 kishi halok bo‘lib, 1 kishi shifoxonaga yotqizildi. Holat yuzasidan prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Boysun tumanida tibbiyot birlashmasi shifokori 2 kishi tomonidan kaltaklandi. Shifokor yengil jarohat olgan. Kaltaklaganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sariosiyo tumanida Nexia, Spark va Gentra o‘zaro to‘qnashdi. Oqibatda Nexia haydovchisi shifoxonada vafot etdi.
Angor tumanida Labo kanalga tushib ketishi oqibatida 33 yoshli haydovchi vafot etdi. Viloyat IIB ma’lumotlariga ko‘ra, haydovchi mastlik oqibatida tezlikni me’yoridan oshirib harakatlanib, boshqaruvni yo‘qotgan va mashinada kanalga tushib ketgan.
Surxondaryoda Cobalt yo‘l chetida turgan ikki kishini urib yubordi. Ulardan biri voqea joyida vafot etdi. Haydovchi boshqargan mashina tekshirib ko‘rilganda so‘nggi 40 kunda 8 marta tezlikni me’yoridan oshirib harakatlangani aniqlandi.
O‘zbekiston Afg‘onistonga to‘qqizta maxsus yuk mashinasida navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi. Ularni topshirish marosimi Hayraton shahridagi Astras kompaniyasi hududidida bo‘lib o‘tadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting