15 avgust kuni kechqurun Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida Afg‘oniston farqlash belgilari bo‘lgan samolyot qulab tushgani haqida xabar berilgan edi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Afg‘oniston havo kuchlariga tegishli samolyotning Surxondaryoda qulab tushganini «Gazeta.uz» tasdiqladi.

Vazirlik ta’kidlashicha, davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga urinishning oldi olingan. Hozirgi paytda vakolatli idoralar tomonidan ushbu holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Surishtiruv natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishi ma’lum qilindi.

«Gazeta.uz»ning Surxondaryodagi manbasi ikki nafar afg‘onistonlik harbiy xizmatchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Termiz filialiga yotqizilganliginini tasdiqlagan edi.