Ilhom Saparov Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tayinlovga qadar, Ilhom Saparov Surxondaryo viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.