19 mart kuni Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida Qiziriq tumani IIB YHXB xodimi U. Kenjayev «Lasetti» rusumli maxsus xizmat avtomobilida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketib pastlikka tushib ketgan, deya xabar berdi IIV YHXBB matbuot xizmati.

Hodisa soat 16:00 larda Bandixon tumani hududidan o‘tgan 4R-100 avtomobil yo‘lining 97-kilometrida sodir bo‘lgan. ️Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

️Mazkur YTH yuzasidan Bandixon tumani prokuraturasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, hodisa sabablariga aniqlik kiritilmoqda.